Turkum:10-noyabr bayramlari
Muallif: SRK
10-noyabr — Xalqaro buxgalterlar kuni
Har yili 10-noyabr Xalqaro buxgalterlar kuni sifatida nishonlanadi. Kuchli buxgalterlar guruhi har qanday savdo tashkiloti muvaffaqiyatning garovidir. Ko'p mamlakatlarda buxgalterlar bayrami joriy qilingan bo'lssada, bayramni xalqaro miqyosda o'tkazish zarurligi bir necha bor muhokama qilingan. Luki Pachiollining “Hammasi arifmetika, geometriya va proporsiya haqida” nomli kitobi chop etilgan kun 10-noyabr 1494- yil bayram sanasi sifatida tanlab olindi. Muallif bu kitobida o'sha davrning matematika haqidagi bilimlarni baholashga harakat qilgan. Kitobning bir bo'limida Venesiyaning buxgalterlik ishi to'liq yoritib berilgan. Luka Pachioli buxgalteriya haqidagi 1-kitobining yaratuvchisidir. Pachioli kitobida jurnal-orderlardan foydalanish, buxgalter hisobotini ro'yxatga olishni ko'rsatib o'tgan, bundan tashqari bu sohada xizmat ko'rsatuvchilar debet bilan kredit bir-biriga mos kelmaguncha tinch uxlay olmasliklarini aytib o'tgan. Kitobda ko'plab boshqa teremenlar ham berilganki, unda buxgalteriya ishini to'liq o'rganishda maxsus bilim olish imkoni mavjud edi. Luki Pachiolini “buxgalterlar otasi” deb atashadi. Pachiolining buxgalteriya sohasidagi ko'rsatmalari to'rt yuz yillik davomida maxsus ma'ruzalarda, buxgalteriya ishlarini siljishida asos bo'lib xizmat qildi. Pachioli ishlarini naqadar muhim ekanligini yana shundan ham ko'rish mumkunki, kitob 10-noyabr 1494-yilda nashr qilingan. Bundan 50-yillar oldin Ioann Gutenberg alohida metall harflar va belgilar yordamida kitob nashr qilishni kashf qilingan edi, va ma'lumki, kitob nashr qilish o'sha vaqtda juda qimmat edi.
„10-noyabr bayramlari“ turkumidagi sahifalar
Quyida ushbu turkumga kiruvchi 2 ta sahifadan 2 tasi koʻrsatilgan.