Kontent qismiga oʻtish

Turkon Xotun (Elarslonning xotini)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turkon Xotun
Xorazmshohlar imperiyasi malikasi
Saltanat 1172 – 1174
Davomchisi Turkon Xotun (Alovuddin Takashning xotini)
Xorazmshohlar imperiyasi malikasi
Saltanat 1156 –1172
Davomchisi Turkon Xotun (Alovuddin Takashning xotini)
Turmush oʻrtogʻi Elarslon
Farzandlari Alovuddin Takash
Sultonshoh Xorazmshoh
Toʻliq nomi
Turkon
Uy Xorazmshohlar imperiyasi (turmushga chiqqanidan so'ng)
Dini Islom

Turkon Xotun — Shoh Elarslonning rafiqasi sifatida Xorazm imperiyasining malikasi, Xorazmshohlar imperiyasi shahzodalari Takash va Sultonshohning onasi. 1156-yilda Elarslonga turmushga chiqib, malika sifatida Xorazmshohlar imperiyasining siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. 1172-1174-yillarda ikkinchi oʻgʻli Alovuddin Takash hokimiyatni egallagunga qadar, imperiyani boshqargan.

Siyosiy faoliyati (1172–1174-yillar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning eri Elarslon vafotidan soʻng oʻgʻillari bilan oʻrniga taxt vorisi kim boʻlishi uchun kurasha boshladilar. Sultonshohning akasi Takash Jand viloyatida voliy boʻlib turgani uchun otasi oʻlimi oldidan Sultonshohni valiahd etib tayinlagan. Ammo, davlat va harbiy ishlarga uning onasi Turkon xotun bosh boʻlgan. Toʻngʻich oʻgʻli Alovuddin Takash Qoraxitoy imperatori Cheng Tyan (1164–1177) huzuriga borib, undan Sultonshoh va onasiga qarshi kurashda yordam so‘raydi[1]. Buning evaziga taxtga chiqsa qoraxitoylarga har yili oʻlpon toʻlashni vaʼda qiladi. Yelu Pusuvon boshchiligidagi katta qoʻshin, tez orada Xorazmga joʻnaydi. Sultonshoh va uning onasi Takashning yaqinlashayotganidan xabar topib, qochishga qaror qildilar. Takash 1172-yil dekabrida toʻsiqsiz Xorazmga yetib keladi. Sultonshoh va Turkon Xotun Nishopurda oʻrnashib olgan Saljuqiylarning sobiq amiri Muayyid addavla OyAboning huzuriga qochib, undan yordam olishga muvaffaq boʻladilar. 1174-yilda Muayyid addavla OyAbo Xorazmga qoʻshin tortib boradi, ammo magʻlubiyatga uchrab, Takash tomonidan asirga olinadi va qatl etiladi. Ay-Aba oʻlimidan soʻng Sultonshoh oxir-oqibat gʻuriylar huzuriga panoh topgan, biroq Turkon Xotun Takash qoʻshinlari tomonidan qoʻlga olinadi va oʻldiriladi[2].

  1. Буниятов, З. М. Государство Хорезмшахов-ануштегинидов. БАКУ—ЭЛМ 1999 — 28-bet. ISBN 5—8066—1005—5. Qaraldi: 23-oktabr 2023-yil. 
  2. „Iran heads of state“. Qaraldi: 23-oktabr 2023-yil.