Kontent qismiga oʻtish

Tuproq zonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuproq zonasi - zonal va unga yondosh intrazonal tuproqlar egallagan hudud. Tuproq tiplari shim.dan janubga, shuningdek, tekislikdan balandlik (togʻlik)ka koʻtarilish bilan astasekin oʻzgarib boradi va har qaysi joyda oʻziga xos tipdagi Tuproq zonasini hosil qiladi. Tuproq zonasi tushunchasi tuproq tiplari, tuproqiklim va qishloq xoʻjaligi. ekinlarini hududda rnlashtirishda qatʼiy birlik sifatida qoʻllanadi. Yer yuzida Tuproq zonasilari maʼlum tabiiy qonun asosida tarqalgan. Har bir Tuproq zonasi muayyan bir geografik zonada uchraydi. Tuproqning bu xilda joylashganligini dastlab V.V. Dokuchayev va N.M.Simbirsev aniklagan. Tuproq gorizontal va vertikal zonallik qonunlari asosida hosil boʻlgan, lekin tuproq tiplarining zonallik qonuni asosida tarqalishi mahalliy sharoitlar — togʻlar, gidrogeologik va geologik xususiyatlarga koʻra, qisman oʻzgarishi mumkin. Tuproq zonasi juda kattaligi va bir zonaning turli qismlarida bioiklim sharoiti turlicha boʻlganidan har bir zonada tuproq qoplami bir xil emas. Tuproqning intrazonal qonun asosida tarqalishi mahalliy sharoitga xos turli tabiiy omillar taʼsiriga bogliq. Mas., sur tuproq zonasidagi gidrogeologik omillar taʼsirida paydo boʻlgan oʻtloqi, shoʻrxok va botqoqi tuproklar intrazonal tuproqlardir. Yer yuzida Shimoliy yarim sharda (shim.dan jan. ga) quyidagi gorizontal tuproq zonalari uchraydi: tundra tuproklari; podzol tuproqlar; oʻrmondasht tuproklari; qora tuproklar; kashtan tuproklar; choʻl tuproklar; sur tuproklar; qizil tuproklar. Har qaysi zonada intrazonal tuproklar ham bor.