Tuproq tasnifi
Tuproq tasnifi — tuproklarni muayyan belgilar asosida taksonomik birliklarga boʻlish. Hozirgi zamon genetik Tuproq tasnifi tuproq xrsil boʻlishi, rivojlanishi, evolyutsiyasi jarayonlari va xususiyatlarini oʻzida aks ettirgan tuproq profilining tuzilishiga asoslangan. Asosiy tasniflash birligi — tuproq genetik tipidir. Hozirgi zamon tasnifida 100 dan ortiq tuproq tiplari ajratilgan boʻlib, ular oʻz navbatida tipchalar, turkum, tur va xillarga boʻlinadi. Tuproq diagnostikasi, yaʼni obyektiv belgilar sistemasi tasnifning eng muhim qismi boʻlib, tuproqni tasnifning barcha taksonomik darajalarida ajratishga imkon beradi. Tuproqni amaliy (agrar, ishlab chiqarish., meliorativ, oʻrmonchilik va boshqalar) jihatdan gurugʻlarga ajratish katta ahamiyatga ega. Yagona xalqaro Tuproq tasnifi ishlab chiqilmagan. FAO, YUNESKO tomonidan (1968—74) dunyo tuproq xaritasini tuzishda birinchi dunyo tuproq sistemasini yaratishga urinib koʻrildi.
Oʻrta Osiyoning sugʻorma dehqonchilik mintaqalari tuproqlari sugʻoriladigan tuproklar tarzida tasniflanadi. Yangi Tuproq tasnifida sugʻorish taʼsirida tuproq jarayonlari xarakterining tubdan oʻzgarganligini hisobga olib, ular alohida tuproq tipi sifatida ajratilgan. Bunda tuproqning zonal joylanish holati, sugʻorish taʼsirida oʻzgarganlik darajasi, avtomorflik va gidromorflik sharoitlari eʼtiborga olinadi. Zonal joylanish holati sugʻoriladigan tuproqning maʼlum kenglik zonasi yoki balandlik mintaqasiga mansubligini koʻrsatadi. Shunga koʻra, Oʻrta Osiyoning tekislik qismi sur tusli qoʻngʻir, qumli choʻl, taqirli va taqir, shuningdek, gidromorf sharoitda ularga yoʻldosh oʻtloqi, botqoqioʻtloqi va botqoqi tuproqlar tarqalgan ch>;l zonasi sifatida qaraladi. Balandlik mintaqasi sistemasining quyi qismi — togʻ oldi va togʻ etagi tekisliklarida och tusli tipik va toʻq tusli sur tuproqlar, daryo vodiylari hamda sazlarda esa sur tuproq mintaqasining gidromorf, oʻtloqi, botqoqioʻtloqi va botqoqi tuprokdari rivojlangan. Bu zona va mintaqachar sharoitida rivojlangan sugʻoriladigan tuproqlar profilida tabiiy zonal tuproqning baʼzi belgi va xususiyatlari saqlanadi. Shu asosda sugʻoriladigan tuproqlarning quyidagi tiplari ajratilgan (1974): choʻl zonasining oʻtloqivoha, botqoqivoha va taqirli voha; sur tuproklar mintaqasining oʻtloqivoha; botqoqivoha, sur voha tuprokdari. Voha tuproqlarining rivojlanish etapi yoki bosqichlari tipchalar bilan ifodalanadi. Tuproklar oʻzining tabiiy tuproq belgilarini saqlagan holda, yaʼni tip darajasida sugoriladigan sur tuproqlar, sugʻoriladigan sur tusli qoʻngʻir tuproklar va shu kabi deb, agar tuprokda yangi sharoitga xos boʻlgan belgilar paydo boʻlsa, tipcha darajasiga boʻzvoha, taqirli voha tuproklar va shu kabi deb ataladi. Bundan ham kichik taksonomik birlikka, yaʼni turkum va xillarga shoʻrlanish, shoʻrtoblanish, tuproq hosil qiluvchi ona jins, granulometrik tarkibiga qarab ajratiladi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Azimboyev S, Tuproq va uning turlari, T., 1986.
Sobirjon Azimboyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |