Tuman (harbiy qism)
Tuman (turkiymoʻgʻulcha — oʻn ming) — 1) 7—18-asrlarda Markaziy Osiyo, Xurosonda 10 ming kishidan iborat harbiy qism, diviziya. Turkiyda bitilgan yodgorliklardan ilk bor Kultegin bitiktoshi va Bilga xoqon bitiktoshida qayd etilgan. Koʻshin T.i, oʻz navbatida, minglik (hazora), yuzlik (sada) va oʻnlik (daha) qismlaridan tashkil qilingan. T.larga noʻyon, tuman oqosi, tuman begilar qoʻmondonlik qilgan. Amir Temur qoʻshinidagi T.larga sohibqironning oʻgʻillari, nabiralari hamda Shayx Nuriddin, Hoji Sayfuddin, Shohmalik, Allohdod, Jahonshoh singari nomdor beklar rahbarlik qilgan; 2) Eron (13—16-asrlar) va Oʻrta Osiyo (13—19-asrlar)da 10 ming va undan ortiq askar yetkazib berish imkoniyatiga ega boʻlgan maʼmuriyhududiy birlik. Boburttt "Boburnoma"da taʼkidlashicha, 16-asrda Samarqand viloyatiga Sugʻd, Shovdor kabi T.lar tegishli boʻlgan. Kobul viloyati 14 ta T.dan tashkil topgan. Andijon va Qashqarda T. oʻrnida "oʻrgin", Hindistonda "pargana" istiloxlari qoʻllangan; 3) oʻrta asrlardan Eronda muomalada boʻlgan pul birligi — 10000 dinor; 4) Oʻzbekiston Respublikasida — maʼmuriyhududiy birlik. Q. Tuman (Oʻzbekiston Respublikasida).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |