Tugunbuloq (qadimiy shahar)
Manzilgoh | Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Oʻzbekiston |
---|---|
Mintaqa | Turkiston tizmasi |
Koordinatalar | 39°42′11.67″N 68°15′56.62″E / 39.7032417°N 68.2657278°E |
Balandlik | 2,000–2,200 m (6,562–7,218 ft) |
Turi | shahar |
Hudud | 120 gektar (300 akr) |
Tarix | |
Tashkil etilgan | VI asr |
Tashlab ketilgan | X asr |
Makon qaydlari | |
Kashf qilingan | 2015 |
Qazish sanalari | 2022 |
Arxeologlar |
|
Tugunbuloq – hozirgi Oʻzbekiston hududida joylashgan qadimgi shahar[1][2]. Buyuk ipak yoʻli natijasida asos solingan. Shaharda V asrdan XI asrgacha aholi istiqomat qilgan. Toshbuloq qadimiy shahridan 3 km uzoqlikda joylashgan[3]. Bu yerdan murakkab dizayndagi turar-joylar topilgan. Maydoni 120 gektarni tashkil etgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar qish va bahor fasllari mobaynida qor bilan qoplangani bois, aholisi asosan temirchilik faoliyati bilan shugʻullangan. Shu bilan birgalikda, yoz oylarida shahar aholisi chorvachilik bilan ham shugʻullangan.
Kashf etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tadqiqotchilar 2011-yilda Oʻzbekistonning janubi-sharqidagi togʻlarda izlanishlar olib borayotgan vaqtda qabristonni koʻrib qolishgan va bu yerda oʻrganishlar olib borgan[4]. Shahardan qal’alarning qoldiqlari, binolar, hovlilar hamda mustahkam devorlarning ham qoldiqlari topilgan. 2022-yilda tadqiqotchilar „LiDAR“ nomli dron yordamida shaharni xaritalashtirishgan. Hududning yuqorida joylashganiga sabab qilib, aholisiga temirni eritishda kerak boʻladigan olovlarni hosil qilishda yuqorida esadigan shamolning roli kattaligi koʻrsatiladi. Ikkinchi sabab sifatida esa togʻda oʻrmonlarning koʻpligi va temirni eritishda oʻtin kerakligi koʻrsatilgan. Shahardan tangalar topilishi esa Buyuk ipak yoʻlida muhim rol oʻynaganidan dalolat beradi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Lost Silk Road cities were just discovered with groundbreaking tech“. https://www.nationalgeographic.com/.+Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Lost Silk Road Cities Discovered High in the Mountains of Central Asia“. www.scientificamerican.com. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
- ↑ „Silk Road cities reached surprising heights in Central Asia’s mountains“. www.sciencenews.org. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
- ↑ „O‘zbekiston tog‘larida Ipak yo‘lining ikkita shahri qoldiqlari topildi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.