Travtofobiya
Ruhiy kasalliklarning DSM-IV bildirishiga koʻra, qon-inʼektsiya-shikastlanish fobiyasining bir turidir. Bu jarohat olishdan patologik qoʻrquvdir[1].
Shikastlanish fobiyasining yana bir nomi travmatofobiya, yunoncha τραῦμα (travma), „yara, jarohat“[2] va φόβος (phobos), „qoʻrquv“[3]. Bu BII (qon jarohati-inʼektsiya) fobiyasi bilan bogʻliq. Jabrlanganlar irratsional yoki haddan tashqari tashvish va hayotni saqlab qolish uchun tibbiy muolajalardan qochish darajasiga koʻra muayyan qoʻrqinchli narsalar va vaziyatlardan qochish istagini namoyon qiladilar[4]. Bir tadqiqotga koʻra, u ayollarda koʻproq uchraydi[5].
Ushbu fobiyani boshqalaridan ajratib turadigan narsa shundaki, odam qonga, jarohatga yoki inʼektsiyaga duchor boʻlganda, ular nafas qisilishi kabi ekstremal qoʻrquv tuygʻularini boshdan kechira boshlaydi; haddan tashqari koʻp terlash; ogʻiz qurishi; titrash; yurak urishini tezlashishi; dudugʻlanish yoki oʻylay olmaslik; aqldan ozish yoki nazoratni yoʻqotish qoʻrquvi; reallikni tushuna olmaslik. Barchasini jamlanmasidan vahima hissi yana ortishini tushunsa boʻladi[6]. Taʼkidlash joizki, stomatologik fobiya travmatofobiyadan farq qiladi[7].
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu fobiya bilan oʻgʻriydigan bemorlarni koʻp hollarda jarohatlanish holatiga simulyatsiya qilishadi va bu muolaja, bemorda qon va shikastlanishdan qoʻrquvi yoqolguncha davom ettiriladi.
Gipnoterapiya ham variant hisoblanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Oxford Textbook of Psychopathology" by Theodore Millon, Paul H. Blaney, Roger D. Davis (1999) ISBN 0-19-510307-6, p. 82
- ↑ τραῦμα, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus
- ↑ φόβος, Henry George Liddell, Robert Scott, A Greek-English Lexicon, on Perseus
- ↑ Page, Andrew C; Benjamin J Tan „Disgust and Blood-Injury-Injection Phobia“. PsychNet. American Psychological Association, n.d. 16 February 2011. Qaraldi: 2013-yil 19-oktyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Bienvenu, Joseph O (1998). „The Epidemiology of Blood-injection-injury Phobia“. Psychological Medicine. 28-jild, № 5. Cambridge Journal 28.05 (1998): 2. Cambridge Journals Web. 16 February 2011. 1129–36-bet. doi:10.1017/s0033291798007144. PMID 9794020. S2CID 21379517. Qaraldi: 2013-10-19.
- ↑ „Traumatophobia Treatments“. Phobia Fear Release. Alive and Well Online, 17 February 2011. 2013-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-oktyabr.
- ↑ Kılıç, Cengiz; Ak, Sertaç; Ak, Hacer Birgül (2014). „Anxiety sensitivity: Another reason to separate dental fears from blood–injury fears?“. Journal of Anxiety Disorders. 28-jild, № 2. 280–282-bet. doi:10.1016/j.janxdis.2014.01.001. ISSN 0887-6185. PMID 24534565. S2CID 14993584.