Trapp
Trapp (shvedcha trappa — zina) — trappli oblastlar deb ataladigan, pogʻonali koʻrinishga ega katta maydonlarni egallaydigan (diabaz, gabbrodiabaz, gabbro, dolerit) asosli magmatik tog jinslari guruxining nomi. T. qatlamlari tarkibida: monoklinli piroksen, olivin, asosiy plagioklaz, magnetit, apatit, ozroq rombli piroksen va biotit; koʻpgina ikkilamchi minerallar: iddingeit, palagonit, xlorit, seolit, prenit va boshqa uchraydi. T. uchun ofitli, baʼzan mikrolitli struktura xos. T. Yer poʻstining platformali oblastlarida: Sharkiy Sibir (2 mln. km² chamasi), Hindiston, Janubiy Afrika va Janubiy Amerikada juda katta maydonlarni egallagan. Uning kalinliga 2 km ga yetadi. T. foydali kazilmalarning juda koʻp turi ni oʻz ichiga oladi. T.ning choʻkindi jinslar ichiga kirib borishi neft va gaz uyumlarini buzib yuboradi. T. taʼsirida togʻ jinslarining kollektorlik xususiyatlari yaxshilanishi ham kuzatiladi. Ular neft va gaz qopqogʻi boʻlishi xam mumkin. T. hosil boʻladigan magmaning differensiatsiyalashgan jarayoni bilan sulʼfidli misnikelʼ konlari (mas., Norilsk rudali rni), platina va temir rudasi konlari (Janubiy Afrika) va boshqa bogʻliq.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |