Translyatsiya
Translyatsiya (lot. translatio — uzatish) — 1) voqea yuz berayotgan joy (teatr, konsert zali, stadion, bayram marosimlari)dan radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni studiyadan tashqarida bevosita eshittirish yoki koʻrsatish, shuningdek, boshqa shaharlardan xalqaro aloqa liniyalari boʻyicha keladigan dasturlarni mahalliy radiostansiya yoki telestansiyadan uzatish. Radio T.da voqea yuz berayotgan joyga mikrofon oʻrnatiladi, undan kelayotgan radiosignallar studiyadan tashqaridagi maxsus apparatxona (transpunkt)da qayta ishlanib, efirga uzatiladi. Apparatxonada kuchaytiruvchi, ovoz yozib oluvchi, kommutatsiyalovchi (qarang Kommutatsiya), oʻlchovli apparatlar va boshqa jihozlar boʻladi. Televizion T. koʻchma televizion stya orqali amalga oshiriladi. Baʼzi obʼyektlarda, xuddi radio T.dagi kabi, televizion transpunktlar tashkil qilinadi; 2) elektr aloqada (retranslyatsiya) aloqa traktining oraliq punktlarida sim orqali keladigan elektr signallarni yoki radiosignallarni qabul qilib va qayta ishlab, manbadan isteʼmolchi tomon yoʻnalishda uzatish; bunda kucheiz signallarni kuchaytirish ham mumkin. Bunday T.dan, asosan, uzoq masofali aloqani (mas., yerdagi styalar orasida kosmik aloqani, yerdagi styalar bilan kosmik kema orasidagi alokani) tashkil qilishda foydalaniladi. Bunda oraliq kuchaytiruvchi qurilmalar, retranslyatorlar va boshqa qurilmalar qoʻllanadi; 3) aloqaning masofasini oshirish uchun elektr signallarni uzatish zanjiriga ulanadigan oraliq qurilma (mas., telegraf aloqada — regenerativ T.); 4) simli radioeshittirishning eskirgan nomi; 5) EHM (kompyuter) uchun tuzilgan dastur bayonini bir programmalash tilidan ikkinchisiga, mas., mashina tiliga oʻtkazish; 6) fizika yoki matematika obʼyektni fazoda oʻziga parallel ravishda toʻgʻri chiziq (T. oʻqi) boʻylab maʼlum masofaga koʻchirish.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |