Kontent qismiga oʻtish

Toynbi Arnold

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arnold Toynbee (Toynbi) [1852. 23.8, London — 1883.9.3, Uimbldon] — ingliz tarixchiiqtisodchisi. Oksford universitetini tugatgan, shu yerda 1878-yildan siyosiy iqtisod va iqtisodiyot tarixidan dare bergan. T. ning "18-asrda Angliyada sanoat toʻntarishi" asari (1884) kapitalistik industriyalash jarayonlariga bagʻishlangan. "Sanoat toʻntarishi" tushunchasini ilmiy muomalaga T. kiritgan. T. mehnat va kapital oʻrtasidagi munosabatlarga davlatning aralashuvi, korxonalarda sinfiy nizolarning oldini olish uchun ijtimoiy qonunchilik va "kelishuv tadbirlari" tarafdorlaridan, ishchi kvartallarida maʼrifat markazlari tashkil etish tashabbuskorlaridan biri boʻlgan.