Tovuqsimonlar
Tovuqsimonlar (lotincha: Galliformes) — qushlar turkumi. Ikki katta oila (krakslar va qirgʻovullar), besh oila (krakslar, xastovuklar, qirgʻovullar, kurkalar, qurlar)ga mansub 250 turi mavjud. T. Antarktidadan boshqa hamma joyda tarqalgan. Hozirgi tovuq zotlari tropik o'rmonlarda yashaydigan yovvoyi bankiv tovuqlaridan kelib chiqqan. Bundan 4500 yil avval qadimgi Hindistonda xonakilashtirishni boshlangan. Tovuqlar go‘sht go'sht-tuxum tuxum yonalishiga bo'linadi Tanasi 12 sm dan (bedana) — 235 sm gacha (arguslar), ogʻirligi 80—120 g dan (vedana) — 16kg gacha (karqurlar). Tumshugʻi qisqa, mustahkam. Oyoklari baquvvat. Qanotlari katta, lekin yomon uchadi. Pati qalin, pari siyrak. Tovuqsimonlar ekaklari ayollariga nisbatan yirik va rangdor. Baʼzi turlarining yuz qismi patsiz, etli oʻsmalari boʻladi. Koʻpchilik turlari oʻtroq yashaydi yoki koʻchib yuradi. Ayrim turlari (mas., bedana) qishda uchib ketadi. Koʻpchilik turlari poligam (qarang Poligamiya). Sodda uyasini, asosan, yerga yasaydi. Odatda, yilda bir marta 2—25 ta tuxum qoʻyadi; 12—30 kun bosadi. Xastovuklar tuxumini qum yoki chiriyotgan barglarga koʻmib qoʻyadi. Asosan, oʻsimliklar urugʻi, kurtagi, mevasi va bargi bilan oziqlanadi. Hasharotlar, chuvalchanglar va boshqa mayda hayvonlarni ham yeydi. T. ovchilik va naslchilik ishlarida katta ahamiyatga ega. Tutqunlikda yaxshi koʻpayadi. Noyob va kamayib borayotgan turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi va bir qancha mamlakatlar Qizil kitobiga, Zarafshon qirgʻovuli Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |