Toshpoʻlat Shirinqulov
Toshpoʻlat Shirinqulov (1937, Qoʻshrabot tumani) — mexanik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1994), texnika fanlari doktori (1970), professor (1974). SamDU ni tugatgan (1960). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi intida ilmiy xodim (1960—70), ToshPI da kafedra mudiri (1973—75), qishloq qurilishi fti dekani (1974—75), Samarqand meʼmorchilik va qurilish iiti rektori (1975—86), shu intda kafedra mudiri (1980-yildan), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1993—2001).
Ilmiy ishlari, asosan, gruntlar mexanikasi, deformatsiyalanuvchi zamindagi muhandislik konstruksiyalarini hisoblash, inshootlar mustahkamligi va poydevorsozlik masalalarining ilmiy asoslarini yaratishga bagʻishlangan. Sh. qurilish konstruksiyalari materialining yoyiluvchanligini va deformatsiyalanuvchi asosning reologik xususiyatlarini hisobga olgan holda balkalar va ramali konstruksiyalarning hisobi nazariyasiga katta hissa qoʻshgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Metodm raschyota konstruksii na sploshnom osnovanii s uchyotom polzuchesti, T., 1969; Raschyot injensrnmx konstruksiy na uprugom neodnorodnom osnovanii, T., 1986.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |