Toshkent xalqaro universiteti
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Tashkent International University | |
![]() | |
Xalqaro nomi |
Tashkent International University |
---|---|
Shiori | Bilim va imkoniyatlar birlashgan maskan |
Turi | Nodavlat oliy ta'lim muassasasi |
Asos solingan sanasi | 2023 |
Rektori | Jun Yong Wook |
Fakultetlar | 4 |
Bakalavriat | Kunduzga va masofaviy ta'lim bo'yicha 14 yo'nalish |
Magistratura | 2 ta mutaxassislik |
Manzili |
Toshkent shahar, Kichik xalqa yo'li 7 uy , O'zbekiston |
Kampusi | 3 ta o'quv binosi hamda 1 ta 300 kishilik TTJ |
Veb-sayti | www.tiu.uz |
![]() |
Toshkent xalqaro universiteti (TIU) – 2023-yildan oʻz faoliyatini yuritayotgan oliy taʼlim muassasasi.
Universitet tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, oliy taʼlim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va maʼnaviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida oliy taʼlim sohasida nodavlat oliy taʼlim muassasasi sifatida Toshkent xalqaro universiteti (TIU) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.11.2019 yildagi 900-son qarori bilan tashkil etildi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan 146186-sonli litsenziyasi asosida faoliyat yuritmoqda.
Universiteti missiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet talabalarga yuqori sifatli taʼlim, ularni oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha yetakchi mutaxassis boʻlishi uchun bilim va koʻnikmalar bilan taʼminlashga intiladi. Kreativlikni, tanqidiy fikrlashni va uzoq muddatli taʼlimni qoʻllab-quvvatlovchi oʻquv muhitini yaratishga intiladi.
Universitet tashkiliy tuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]IJROCHI DIREKTOR: | Universitetning umumiy rahbariyati va boshqaruvi uchun mas’ul boʻlgan eng yuqori mansabdor shaxs. |
REKTOR: | Rektor universitetni oʻz maqsad va intilishlari sari yoʻnaltiruvchi, istiqbolli rahbar. Taʼlimning yangi yondashuvlarini oʻrganish uchun rektordan innovatsiya, uzoqni koʻra bilish va jasorat talab etiladi. |
PROREKTORLAR: | Rektorga talabalar bilan bogʻliq ishlar, oʻquv ishlari, maʼmuriyat, moliya va tadqiqot kabi turli sohalarda yordam beradigan shaxslar. |
DEKANLAR: | Fakultetlar tomonidan tashkil etilgan akademik boʻlinmalarning rahbarlari. Dekanlar oʻzlarining tegishli boʻlinmalarida oʻquv dasturlarini nazorat qiladilar. |
BOʻLIMLAR: | Muayyan fanlar yoki taʼlim sohalariga yoʻnaltirilgan akademik boʻlimlar va yoʻnalishlar. |
FAKULTET: | Professorlar, oʻqituvchilar va oʻzlarining tegishli akademik boʻlimlarida dars beradigan va tadqiqot olib boradigan tadqiqotchilar. |
ROʻYXATGA OLISH BOʻLIMI: | Talabalar hujjatlari, roʻyxatga olish va akademik siyosat uchun javobgardir. |
MOLIYA VA MAʼMURIYAT: | Universitetning moliyaviy jihatlarini, shu jumladan byudjetlashtirish, ish haqi va jihozlarni boshqaradi. |
INSON RESURSLARI: | Xodimlar bilan bogʻliq masalalarni, jumladan, ishga olish, imtiyozlar va xodimlar bilan munosabatlarni koʻrib chiqadi. |
TALABALAR ISHLARI: | Talabalarga maslahat, martaba xizmatlari va darsdan tashqari tadbirlarni oʻz ichiga olgan yordam xizmatlarini taqdim etadi. |
XALQARO OFIS: | Xalqaro hamkorlik, talabalar almashinuvi dasturlari va xorijiy talabalarni qoʻllab-quvvatlaydi. |
KUTUBXONA XIZMATLARI: | Universitet kutubxonasini boshqaradi va tadqiqot va oʻqish uchun resurslar bilan taʼminlaydi. |
IT XIZMATLARI: | Universitetning texnologik infratuzilmasini boshqaradi va kompyuter xizmatlarini koʻrsatadi. |
Umumiy maʼlumotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitet kampusida 4 ta bino boʻlib (umumiy sigʻimi 1700 kishi), undagi barcha auditoriyalari zamonaviy oʻquv va texnik vositalar bilan jihozlangan. 300 oʻrinli talabalar turar joyi, bir vaqtning oʻzida 150 talabaga xizmat koʻrsatadigan zamonaviy axborot-resurs markazi hamda 150 oʻrinli oshxonasi bor.
Dasturlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bakalavriat yoʻnalishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunduzgi taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]60310100 - Iqtisodiyot (oʻzbek, ingliz, rus – tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
60412500 – Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
60411200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar |
60411900 – jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (min. va faol. turlari) |
60110200 – Maktabgacha taʼlim (oʻqish muddati – 3 yil) |
60110500 – Boshlangʻich taʼlim |
60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) |
60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari |
60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi (oʻzbek, ingliz, rus) |
60610500 – Kompyuter injiniringi (Axborot xavfsizligi, Mul’timedia) |
60610600 – Dasturiy injiniring |
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (oʻzbek, rus) |
60230100 – Filiologiya va tillarni oʻqitish (koreys tili) |
Masofaviy taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
60412500 – Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
60411200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar |
60110200 – Maktabgacha taʼlim (oʻqish muddati – 3 yil) |
60110500 – Boshlangʻich taʼlim |
60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) |
60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi |
60610500 – Kompyuter injiniringi (AT-Servis, Axborot xavfsizligi, Mul’timedia) |
Magistratura
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Davlat moliyasi va xalqaro moliya
- Iqtisodiyot
Ikkinchi oliy taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]60310100 - Iqtisodiyot (oʻzbek, ingliz, rus – tarmoqlar va sohalar boʻyicha) |
60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) |
60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi (oʻzbek, ingliz, rus) |
60610500 – Kompyuter injiniringi (Axborot xavfsizligi, Mul’timedia) |
Xalqaro hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent xalqaro universiteti Janubiy Koreyaning 7 ta yetakchi oliy taʼlim tashkiloti, xususan, Seul milliy universiteti, Shungang universiteti, Sejong universiteti, Hankuk universiteti, Solbrij xalqaro biznes maktabi, Kangvun milliy universiteti hamda boshqa dunyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalari bilan ikki tomonlama hamkorlik oʻrnatgan. Bu taʼlim muassasalarining barchasi dunyoning hamda Osiyoning nufuzli universitetlari qatorida turadi.
Grantlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent xalqaro universiteti qabul stipendiyalari orqali talabalarga moliyaviy yordam beradi. Ushbu stipendiyalar abituriyentning ingliz tilini bilishi, oʻquv yutuqlari va darsdan tashqari mashgʻulotlarga jalb etilishi kabi omillarni hisobga olgan holda taqdim etiladi. Qabul stipendiyalari oʻqish xarajatlarini qoplaydi va odatda umumiy oʻqish narxining 25% dan 100% gacha oʻzgaradi.
Bakalavriat talabalariga – Bir yil
Magistratura talabalariga – Bir yil
Toʻlov kontrakt miqdorlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunduzgi taʼlim shakli
Iqtisodiy sohalar – 22 000 000 soʻm
IT sohalar – 22 000 000 soʻm
Taʼlim – 18 000 000 soʻm
Xorijiy til sohalari – 20 000 000
Masofaviy taʼlim shakli
Iqtisodiy sohalar −18 000 000 soʻm
Taʼlim – 15 000 000 soʻm
Magistratura mutaxassisliklari – 25 000 000 soʻm
Qabul jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent xalqaro universitetida qabul jarayoni may oyidan avgust oyiga qadar davom etadi. Hujjatlar universitet qabul platformasi[sayt ishlamaydi] orqali onlayn hamda bevosita universitetga kelib amalga oshiriladi.
Imtihon jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Universitetga kirish uchun imtihonlar taʼlim yoʻnalishlar xususiyatidan kelib chiqqan holda test, suhbat va yozma koʻrinishda boʻlib otishi mumkin.
Rektor
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jun Yong Wook 2023 – h.v.
Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy kengash faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent xalqaro universiteti huzurida ilmiy darajalar beruvchi DSc. 22/29.12.2023.I.175.01 raqamli Ilmiy kengash 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit hamda 08.00.16–Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya ixtisosligi boʻyicha faoliyat yuritadi.
Qiziqarli faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent xalqaro universiteti rektori Jun Yong Wook Koreya respublikasi fuqarosi hisoblanadi va Menejment boʻyicha Ph. D. ilmiy darajasini, Sloan School of Management, M. I.T., Kembrij, MA, AQSHda yoqlagan.