Toshkent shahridagi Amity universiteti
Qiyofa
Turi | Xususiy universitet |
---|---|
Asos solingan sanasi | 2019-yil |
Rektori | Shuhrat Sattorov |
Bakalavriat | 5 yil (1 yil boshlangʻich taʼlim) |
Manzili |
Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 70-uy |
Veb-sayti | Rasmiy sayti |
Toshkent shahridagi Amity universiteti — Oʻzbekistonning Toshkent shahrida joylashgan xususiy universitet[1]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi PQ-4097-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan[2]. Hindistoning Amity universiteti tasarrufida. Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, kompyuter va dasturiy injiniring, sun'iy intellekt, menejment, iqtisodiyot va turizm sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi[3]. 17 mamlakatda kampuslarga ega[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Toshkentdagi Amiti universitetida o‘qish narxi ma’lum bo‘ldi“. daryo.uz. Qaraldi: 17-fevral 2025-yil.
- ↑ „BIZ HAQIMIZDA | Toshkent shahridagi Amity universiteti“. Qaraldi: 17-fevral 2025-yil.
- ↑ „Toshkent shahridagi Amiti universitetining ta’lim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi“. Spot.uz. Qaraldi: 17-fevral 2025-yil.
- ↑ „Men talaba - Universitetlarni qidiring, solishtiring va hujjat topshiring“. Qaraldi: 17-fevral 2025-yil.