Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti
Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti — umumiy amaliyot shifokori va tibbiy profilaktika yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy oʻquv yurti hisoblanadi. 1990-yilda Toshkent tibbiyot instituti 1 va 2 tibbiyot institutlariga boʻlindi. Toshkent ikkinchi tibbiyot institutit yilning Fargʻona filiali mavjud, unda tibbiy profilaktika yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.
Institutda 4 oʻquv fakulteti (davolash, tibbiy profilaktika, tibbiy pedagogika, oliy maʼlumotli x.amshira), 64 kafedra, aspirantura, markaziy ilmiy tadqiqotlar va markaziy klinik laboratoriya, 2 klinika (jami 1120 oʻrinli), ilmiytibbiy axborot boʻlimi, muzey, akademik litsey, kutubxona (200 mingdan ziyod asar), nashriyot va bosmaxona bor. 3200 dan ziyod talaba, shuningdek, magistratura yoʻnalishida 21, tor mutaxassislik boʻyicha 250 dan ziyod rezident taʼlim oladi (2004). Institut Toshkent shahridagi yirik kasalxonalar hamda tibbiyot ilmiy tadqiqotlar institutlarida qoʻshimcha klinik bazalarga ega.
Institutda 505 oʻqituvchi, shulardan 3 kishi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (Sh. Sh.Karimov, M.S. Abdullaxoʻjayeva, T. I. Iskandarov va boshqalar), 113 fan doktori, professor, 250 fan nomzodi va dotsentlar faoliyat koʻrsatadi. Toshkent ikkinchi tibbiyot institutit doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoyasini qabul qilish huquqiga ega. Institut ilmiy toʻplam va uslubiy qoʻllanmalar nashr etadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |