Tommy Paul
Tommy Paul | |
---|---|
Toʻliq ismi | Tommy Paul |
Mamlakat | AQSh |
Istiqomat joyi | Boca Raton |
Tugʻilishi |
17-may 1997-yil Camden County |
Boʻyi | 6 ft 1 in (1.85 m) sm |
Professionallik | 2015 |
Ishlatadigan qoʻli | O'naqay |
Murabbiy | Brad Stine |
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori | $8,417,515 |
Yakkalik bahslar | |
Rekordi | 158–116 |
Jami titullari | 3 |
Eng yuqori pozitsiyasi | 12-o'rin (2023-yil 2-oktabr) |
Joriy pozitsiyasi | 12-o'rin (2024-yil 24-iyun) |
Rekordi | 33–47 |
Tommy Paul (1997-yil 17-mayda tug'ilgan) – amerikalik professional tennischi. Paulning ATP reytingidagi eng yuqori natijasi – 2023-yil 2-oktabrda erishgan, jahonning 12-raqamli tennischisi, juftliklar bo'yicha esa 2022-yil 12-sentabrda 97-o'ringa erishgan . U uchta ATP Tour unvonini qo'lga kiritgan va 2023-yilgi Avstraliya ochiq turnirida "Grand Slem" musobaqalarining yarim finaliga chiqqan.
Yoshlikdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tommy Paul o'z tengdoshlari orasida doimiy ravishda eng yuqori reytingga ega bo'lgan yoshlar tennis o'yinchilaridan biri edi. Paul 2015-yil 9-dekabrda ITF yoshlar reytingida 3-o'ringacha ko'tarilgan.
Paul 2015-yilda ikki marta yoshlar "Grand Slem" musobaqalarining finaliga chiqdi. U 2015-yilgi Fransiya ochiq turniridagi o'g'il bolalar yakka bellashuvida boshqa amerikalik Teylor Fritsni finalda uch setda yengib, g'oliblikni qo'lga kiritdi. Shu musobaqada u yana bir amerikalik Vilyam Blamberg bilan juftlikda final bosqichigacha yetib bordi. Shuningdek, u 2015-yilgi AQSh ochiq turnirining o'g'il bolalar yakka bellashuvi finaliga ham chiqdi, ammo bu safar Fritsga uch setda yutqazdi[1].
Professional faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015: "Grand Slem"dagi debyut
[tahrir | manbasini tahrirlash]Paul 2015-yilda professional tennis o'yinchisi bo'ldi. Amerikalik tennis o'yinchilari uchun g'ayrioddiy holat sifatida, Paul loy kortlarda o'ynashni afzal ko'rganini namoyish etdi. U yoshlar o'rtasidagi Fransiya ochiq turnirini va o'zining dastlabki beshta ITF Futures yakka bellashuvi unvonlarini aynan loy kortlarda qo'lga kiritdi. Paul ilk bor 2015-yilgi AQSh ochiq turnirida "Grand Slem" musobaqasining asosiy setka o'yiniga yo'llanma oldi, biroq birinchi raundda Andreas Seppiga mag'lub bo'ldi[2].
2016: Birinchi marta TOP-100 ga kirish va ATP darajasidagi ilk g'alaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil mart oyida Paul Miami Masters turnirining asosiy setka o'yinlariga yo'llanma olish orqali birinchi marta dunyoning eng kuchli 200 ta tennis o'yinchisi safiga kirdi. Aprel oyida Paulga Xyustonda o'tkazilgan 2016-yilgi AQSh Erkaklar Loy Kortlar Chempionatida ishtirok etish uchun vayldkard berildi. U bu turnirda jahon reytingida 53-o'rinda turgan Paolo Lorentsini birinchi raundda mag'lub etib, o'zining ATP darajasidagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi[3].
Paul 2016-yilning qolgan qismida asosan ATP Challenger turniri va ITF Circuit musobaqalarida ishtirok etdi.
2017: Birinchi ATP 500 chorak final
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tommy 2017-yilning birinchi yarmida Challengers va ITF musobaqalarida qatnashishda davom etdi. 2017-yil iyul oyida, Atlanta Open turnirida saralash bosqichidan o'tgach, yettinchi raketka va 53-o'rindagi Chung Hyeonni uch setda mag'lub etdi. So'ngra Malek Jazirini uch setda mag'lub etib, o'zining birinchi ATP Tour darajasidagi chorak finaliga chiqdi. Keyin uchinchi raketkachi Gilles Müllerga yutqazdi. Atlantadagi ishidagi muvaffaqiyatidan so'ng, Tommy ATP 500 Vashington Open turniriga wildcard bilan kiritildi. Paul Kasper Ruudni mag'lub etib, ikkinchi raundga chiqdi. Keyin Lukas Pouille bilan o'ynab, fransuzni to'g'ridan-to'g'ri setlarda mag'lub etib, karerasidagi eng katta g'alabasini qo'lga kiritdi. Keyingi raundda yana Gilles Müllerga qarshi o'ynadi, lekin bu safar uch setda ustun keldi va o'zining birinchi ATP 500 chorak finaliga chiqdi. Tommy Kei Nishikori bilan uch setda yutqazdi[4].
2019: Eng kuchli 100 talikka kirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sentabr oyida Paul o'z karerasida birinchi marta dunyo reytingida eng kuchli 100 talikka kirdi, New Havenda ikkinchi ATP Challenger chempionligini qo'lga kiritganidan so'ng, mavsum avvalida Sarasotada ham g'alaba qozongan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tommy Paul: Get To Know The American Tennis Prospect“. Tennis Tourtalk (2020-yil 23-sentabr). 2022-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „An "Unreal" Experience at the US Open for French Open Junior Champion Tommy Paul, Inspired by Roddick's 2003 US Open Outfit“ (2015-yil 1-sentabr).
- ↑ „WILD CARD TOMMY PAUL SCORES BIG WIN“ (2016-yil 6-aprel). 2023-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 8-iyul.
- ↑ „Nishikori fights off three match points to beat 225th-ranked Paul“. Reuters (2017-yil 4-avgust).
- ↑ „Greenville native cracks Association of Tennis Professionals top 100 for the first time“ (2019-yil 11-sentabr).