Tolga Saritas
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Tolga Saritas | |
---|---|
Fayl:Turk aktyori | |
Tavalludi | 30-may 1991 |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Aktyor |
Tolga Sarıtash - (1991-yil 30-may, Istanbul ) — Turkiya seriallari va kino aktyori.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asli Sivaslik bo'lgan Tolga Saritash Istanbulda tug‘ilib o‘sgan. O‘rta ta’limni Halil Akkanat o‘rta maktabida olgan. Istanbul universitetining Ochiq ta’lim fakulteti geografiya bo‘limini tamomlagan. U Esenyurt shahar va Zeytindali teatrlarida chiqish qilgan. Aktyorlik bilan birga musiqaga ham qiziquvchi aktyor yoshligidan ko‘plab cholg‘u asboblarida chalishni o‘rganadi va yoshligida do‘stlari bilan tashkil etgan “Grup Omega” musiqiy guruhida barabanchi va gitarachi bo‘lib faoliyat olib boradi.[1]
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktyorlik faoliyatini 2009-yilda “Baxti qora” filmidagi Berk roli bilan boshladi.
2010-yilda O‘zlem Tekinning “Hech kim bilmaydi” qo‘shig‘ining klipida suratga tushgan.
2011-yilda TRT1 da namoyish qilingan “Sen ham ketma” serialida Mert obrazini, "Noma'lum asrning charchog'i" filmida Berk, "Qal'adagi yolg'izlik" filmida Feyyaz rolini gavdalantirgan. Shundan so‘ng “Orqa ko'chalar” serialining epizodlarida rol o‘ynagan.
2013-yilda “Xuddi o'tgan zamondek” va “Yo'qolgan shahar” seriallarida rol oʻynagan. U Star TVda ko'rsatilgan "20 Daqiqa" serialida Ferdi obrazini gavdalantirgan. 2013-yilda ham Star TV-ning "Muhtasham yuz yil" serialida Shahzoda Jahongir obrazini gavdalantirdi va bu serialdagi ijrosi bilan katta olqishlarga sazovor bo'ldi.
2014-yilda Pera guruhining “Sharob va iztirob” qo‘shig‘iga ishlangan klipda rol o‘ynagan va Kanal Dda namoyish etilgan “Mening ismim Gultepa” serialida Murat obrazini o‘ynagan.[1]
Aktyor 2015-yilda faoliyatidagi burilish nuqtasini boshidan kechirdi va D kanalida namoyish etilgan “Gunesh qizlari” serialida Ali Merto’g’li rolida ilk bosh rolni o’ynadi. TRT 1 telekanalida namoyish etilgan “Katta surgun Kavkazga” mini serialida Jemil obrazini ham ijro etdi.
U 2016-yilda "Yomon bola" filmida Merich Tuna rolini o'ynagan holda birinchi filmini suratga oldi va "Doğuş Choy" brendining reklama roligida rol ijro etdi.
2017-2019-yillar orasida Star TVda namoyish etilgan va davrning eng koʻp tomosha qilingan seriallaridan biri boʻlgan “Qasamyod” serialida Yavuz Karasu rolini ijro etgan Tolga Sarıtash katta mashhurlikka erishdi. U Xalqaro Emmi mukofotlari marosimida “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida finalga chiqdi.
U 2017-yilda “Ipana” brendi va 2018-yilda “Pepsi Max” brendi uchun kamera qarshisiga chiqdi.
Aktyor 2019-yilda FOX telekanalida namoyish etilgan “Ferhat bilan shirin” serialida Ferhat Taşchi rolini ijro etdi.
2020-yilda BluTVda namoyish etilgan va birinchi boʻlimida mehmon aktyor sifatida ishtirok etgan “Chala qolgan muhabbat” serialida Ozan obrazini ijro etdi. Oʻsha yili “Show TV”da namoyish etilgan “Ariza” serialida Ali Riza Oltoy obrazi bilan bosh rolni oʻynadi. Serial 2021-yilda tugallandi.
U 2022-yilda Netflix’da chiqqan “Yo'ling ochiq bo'lsin” filmida ikkinchi leytenant Kerim Kerimog‘lu rolini ijro etdi. O‘sha yili Show TV telekanalida namoyish etilgan “Ota” serialida Qodir Saruhanli obrazini o‘ynadi.
Hozirda u 2021yilda shartnoma imzolagan Vakif Bankning brend yuzi hisoblanadi.
- ↑ 1,0 1,1 İzzet Çapa. „Güneşin Kızları light bir gençlik dizisi değil“. Hürriyet (21 eylül 2015). 28 kasım 2019da asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Arşivlenmiş kopya“. 17 ocak 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23 ocak 2021.
Tashqi havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tolga Saritash
- IMDb'de Tolga Sarıtaş
- SinemaTürk'te Tolga Sarıtaş