Kontent qismiga oʻtish

Toksikologiya (soha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toksikologiya (yun. toxikon zahar va …logiya) – tibbiyot sohasi; zaharli moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari, ularning tirik organizmlarga taʼsiri mexanizmi, zaharlanish alomatlarini oʻrganadi. Zaharlanishning oldini olish va davolash vositalarini, shuningdek, zaharlarning kichik dozalarda davo taʼsiriga ega ekanligini aniqlash va undan foydalanish yoʻllarini izlab topish ishlari bilan shugʻullanadi.

T.ning asosiy maqsadi, asosan, etiologiyasi kimyoviy omil hisoblanadigan noepidemik kasalliklarning kelib chikish sabablarini aniklash, oldini olish va davolash hamda moddalarning inson organizmiga uzoq muddat davomida zararli taʼsirini oʻrganish va bartaraf etishga karatilgan.

T. kommunal gigiyena fanining asosiy boʻlimlaridan boʻlib, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining tibbiy profilaktika ftlarida oʻqitiladi. T.ning fan sifatida rivojlanishida Sh. T.Otaboyev, T. I. Iskandarov va boshqalarning hissasi katta.

Oʻzbekiston olimlari tomonidan hayvonlar ustida oʻtkazilgan tajriba natijalariga asoslanib moddalarning zaharliligi va xavfliligini bagʻolash boʻyicha tasnif ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, zaharli moddalarning organizmga tushish yoʻllari, oʻlimga olib boruvchi oʻrtacha dozasi (konsentratsiyasi) va boshqalarni bir-biriga bogʻlagan holda xavflilik sinflariga boʻlish tavsiya qilingan.

„Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida“gi qonunga asosan, hukumatimizning toksikologiya sohasidagi mutaxassis olimlari (Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti, II Toshkent tibbiot akademiyasi kommunal gigiyena kafedrasi va Markaziy ilmiy tadqiqot lab. toksikologiya boʻlimi xodimlari) tomonidan barcha yangi kimyoviy moddalarning zaharlilik va xavflilik darajalari oʻrganiladi. Masalan, fosgen kislotasi birikmalarining zaharlilik darajasi, ularning kimyoviy tuzilishiga bogʻliqlik qonuniyatlari aniqlandi (G. T. Iskandarova). Mazkur qonuniyatlarga muvofiq, kimyogar va biolog olimlar hamkorligida kam zaharli va yuqori samarali defoliantlar ishlab chiqildi.

Toksikologiya turli abiotik faktorlarning tirik organizmga taʼsirini o ‘rganib, bir qator tabiiy fanlar, umumiy va organik kimyo, biokimyo, fiziologiya, immunologiya, genetika kabi fanlarni jalb qilgan holda keng qamrovli masalalami yechadi. Toksikologiyada tajribalar asosan, hayvonlarda oʻtkaziladi.

Hozirgi kunda toksikologiyada: 3 asosiy yoʻnalish nazariy (tajriba), profilaktik (gigiyenik) va klinik yoʻnalishlar qoʻllanadi.

Nazariy toksikologiya organizm va zaharlarning o ‘zaro munosabatlari asosiy qonuniyatlari, ularning toksikokinetik va toksikodinamik xususiyatlarini oʻrganadi.

Profilaktik (gigiyenik) toksikologiya kimyoviy moddalarning xavflilik darajasini aniqlashga, shuningdek, odamni kimyoviy moddalarning zaharli ta ’siridan himoya qilish yoTlarini ishlab chiqishga bagʻishlangan.

Klinik toksikologiya odam ga kim yoviy m oddalarning toksik ta ’siri tufayli kelib chiqadigan kasalliklarni o ‘rganadi. Radiotoksikologiyada radioaktiv moddalarning zarrarli taʼsirlari oʻrganiladi.

Radiotoksikologiyada radioaktiv moddalarning zararli taʼsirlari oʻrganiladi. „Radiotoksin“ degan ibora XX asrning 50-yillarida mashhur patofiziolog-radiobiolog olim P. D. Gorizontov tomonidan kiritilgan. Radiotoksinlar nurlangan toʻqimalarda buzilgan, anomal metobolizm tufayli hosil boʻlgan biologik aktiv gumoral moddalar boʻlib, ular nurlangan organizmda ortiqcha miqdorda toʻplanadi va tarqaladi. Organlar, toʻqimalar hamda turli tizimlarga zaharli taʼsir koʻrsatadi, funksional va strukturaviy o ‘zgarishlar chaqiradi, nurning ta ’sirini chuqurlashtiradi. Koʻpgina olimlar yagona radiotoksinni izlashgan, ammo universal radiotoksin topilgan emas.

Kadionuklidlarning zararligi (toksikligi) quyidagi faktorlar bilan bogʻliq:

nurlanish turi va energiyasi, yarimyemirilish davri;

• radionuklidlar organizmga qaysi moddalar tarkibida tushishi;

• organlar va toʻqimalar boʻyicha taqsimlanish turi;

• organizmdan chiqarilish tezligi. Ayrim radioaktiv moddalar toksikologiyasi bilan tanishaylik. Tritiy vodorodning izotopi boʻlib, tabiatda kam miqdorda uchraydi. Tritiy – rangsiz gaz, 18,5 keV energiyali β – nurlarni chiqaradi. Uning yarimyemirilish davri 12,26 yil.