Tokkata
Tokkata (ital. toccata — tegish, zarb) — asosan, klavishli musiqa cholgʻular uchun yozilgan virtuoz musiqa asari. 16-asrda Italiyada paydo boʻlib, dastlab badiha shaklidagi prelyudiya (A. va J.Gabriyeli va boshqalar), keyinchalik konsert asari sifatida (I.Froberger, D. Bukstexude va boshqalar) rivoj topdi. I.S.Bax ijodida qad. Tokkatajanri oʻz badiiy choʻqqisiga koʻtarildi (organ uchun reminor Tokkatava fugasi mashhur). 20-asrda fortepiano (K.Debyussi, S.Prokofyev, F.Buzoni,A.Xachaturyan va boshqalar) va organ (M.Reger va boshqalar) Tokkatalar bilan birga orkestr (A.Malyavskiy), skripka va orkestr (I.Stravinskiyning skripka va orkestr uchun konsertning lqismi) paydo boʻldi. Oʻzbekistonda I. Akbarov, X.Izomov, G. Mushel va boshqa fortepiano, organ uchun Tokkatalar yaratganlar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |