Kontent qismiga oʻtish

Tokio universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tokio universiteti - Yaponiyaning eng qadimiy va yirik oliy oʻquv yurti. 1877-yili Soxeyko (1790-yilda asos solingan, konfutsiychilikni oʻrganish markazi), Kayseygo (1855, gʻarb madaniyati), Igakuso (1863, gʻarb tibbiyoti) oʻquv yurtlarining birlashuvi natijasida Tokio milliy (imperator) universiteti sifatida tashkil etilgan. Huquq, iqtisodiyot, filologiya, muhandislik, texnologiya, pedagogika, tabiiy fanlar, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1877-yilda tashkil etilgan)da 4 milliondan ortiq asar bor. 20 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.