Kontent qismiga oʻtish

Tojdor joʻja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tojdor joʻja (inglizcha: Coronation chicken) — bu sovuq tovuq goʻshti, kori va ziravorlar, mayonezli sousdan tayyorlangan ingliz salati yoki sendvich pastasi. Buyuk Britaniya supermarketlarida „tojdor joʻja“ deb nomlangan taomlar koʻpincha tayyor holda sotiladi[1].

Tayyorlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tovuq yoki joʻja goʻshti sabzi, ozgina sharob, zira, dafna yaprogʻi, petrushka va qora murch donalari bilan tayyor boʻlguniga qadar qaynatiladi. Goʻsht suyaklardan ajratiladi, maydalanib, sous bilan aralashtiriladi. Sousning retsepti oddiy: mayonez, kori kukuni, laym sharbati va sedrasi, taʼbga koʻra ziravorlardan iborat[2]. Baʼzan sousning ichiga quritilgan oʻrik, mango, apelsin, mayiz ham solinadi. Mazkur taomning 1953-yillardagi original retseptiga qaraydigan boʻlsak uning sousi quritilgan oʻrik, qovurilgan piyoz, kori ziravori, tomat pastasi, qurutilgan qizil sharob, mayonez, yogʻli qaymoq yoki krem fresh, limon, shakar[3] tuzdan tayyorlangan[4][5]. Kori kukuni taomga sargʻish rang beradi. Guruch bilan birga tortiladi.

Qadoqlangan „Tojdor joʻja“li sendvich

"Tojdor joʻjai"ni Le Cordon Bleu London pazandalik maktabi oʻqituvchilari, bir qancha pazandalik kitoblari mualliflari Konstans Spray va Rozmari Xum[6] oʻylab topishgan. Spray 1953-yilda qirolicha Elizabeth II ning toj kiyishi sharafiga uyushtirilgan ziyofatga taomlar qatorida yaxna tovuq goʻshti va kori sousi qoʻshilgan retseptni taklif qiladi. Keyinchalik u "Coronation Chicken[7] nomi bilan mashhur boʻldi. Taom bir vaqtning oʻzida bir nechta muhim xususiyatlarni mujassamlashtirgan. Birinchidan, bu juda oddiy taom va yaqinda oziq-ovqat kartalarini bekor qilgan Angliyaning urushdan keyingi holatiga ayni muddao edi. Ikkinchidan, tayyorlash oson boʻlgani uchun ular Elizabeth II ning toj kiyish marosimiga taklif qilingan minglab mehmonlarni toʻydirishlari mumkin boʻlgan.

„Toj kiygan joʻja (tovuq)“ 1935-yilda Jorj V ning kumush yubileyiga tayyorlangan, bayramona taom ham boʻlgan degan farazlar ham mavjud. Tovuq mayonez va kori bilan aralashtirilib tayyorlangan. Bundan tashqari, 2002-yilda qirolicha Elizabeth II ning Oltin yubileyi uchun yubiley joʻjasining (tovuqning) yana bir versiyasi ixtiro qilingan . Sous krem fresh va mayonez, laym v va zanjabilning aralashmasidan iborat edi. Tovuqni sousga aralashtirishdan oldin uni laym va zanjabil bilan marinadlashgan.

2012-yilda britaniyalik mashhur oshpaz Xeston Blumental „Elizabeth II ning olmos yubileyini (hukmronligining 60 yilligi) nishonlash uchun tojdor joʻjaning“ ning yangi variantini — „Olmos yubiley joʻjasi“ni yaratdi.

  1. The Sunday Times.. „Coronation Chicken“. Times Online (2007-yil 1-iyul). 2011-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
  2. „Easy Coronation chicken“. 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
  3. „The real…Coronation chicken“. 2021-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
  4. Buckingham Palace. „50 Facts About The Queen's Coronation“. royal.gov.uk. 2008-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-noyabr.
  5. „Коронационный цыплёнок. Фоторецепт“. 2021-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.
  6. „Recipe for Jubilee Chicken“. royal.gov.uk. 2008-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-fevral.
  7. The Daily Telegraph.. „Readers' recipes: Coronation chicken 2002“. telegraph.co.uk (2002-yil 1-iyun). 2020-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-fevral.