Tohir va Zuhra (film)
Tohir va Zuhra | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Nabi Gʻaniyev |
Ssenariynavis(lar) | Aleksey Speshnev, Sobir Abdulla |
Rollarda | Gʻulom Aglayev, Yulduz Rizayeva, Asat Ismatov, Abror Xidoyatov, Obid Jalilov, Ergash Karimov |
Bastakor(lar) | Aleksey Kozlovskiy |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1945 |
Davomiyligi | 92 min. |
Mamlakat | SSSR |
Til | ruscha |
„Tohir va Zuhra“ – 1945-yil rejissor Nabi Gʻaniyev tomonidan suratga olingan va „Toshkent kinostudiyasi“da ishlab chiqarilgan sovet tarixiy-dramatik badiiy filmi.
Ushbu film XV asrdagi sharq xalq ertak-afsonalariga asoslangan boʻlib, unda oddiy xalqdan chiqqan jasur Tohirning xon qiziga boʻlgan sof muhabbati ifodalangan. „Tohir va Zuhra“ filmi xorijda namoyish etilgan ilk oʻzbek badiiy filmi sanaladi[1]. Filmning premyerasi 1945-yil 21-oktabrda Moskvada boʻlib oʻtgan.
Syujeti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmning asosiy gʻoyasi dovyurak Tohirning Boboxon qizi Zuhraga boʻlgan chin muhabbati tarixidir. Tohir quyi tabaqadan chiqqanligi bois xon atrofidagi mulozimlar bunday muhabbatni jinoyat bilan teng koʻrishadi, buning oqibatida Tohir koʻp jabru sitam koʻrishga majbur boʻladi[1].
Tohir bilan Boboxon qizi Zuhra bir kunda tugʻilishadi, xon yurtga osh berib, bolalarning taqdirini bogʻlashga ahd qilishadi. Oradan vaqt oʻtib, Tohirning otasi vafot etgach, xon Tohirni past tabaqadan boʻlgani uchun kuyov qilishni istamaydi va qarorini oʻzgartiradi. Shunday qilib, Tohirni sandiqqa solib, daryoga oqizib yuborishadi.
Film ssenariysida tilga olinmagan yangi ijtimoiy komponent ikki yosh muhabbati bilan parallel ravishda xalq qoʻzgʻoloni yetakchisi Sardor timsoli ifodalangan. Yetakchi tashabbusi bilan hamma insonlar teng huquqli ekanligi va sharq jamiyatida feodal turmush tarziga qarama-qarshi kurashadi[1].
Rollarda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gʻulom Tojiaʼloyev – Tohir
- Yulduz Rizayeva – Zuhra
- Asat Ismatov – Boboxon
- Abror Xidoyatov – Sardor
- Obid Jalilov – vazir
- Ergash Karimov – Tohirning bolaligi (titrda koʻrsatilmagan)
Suratga olish guruhida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Postanovkachi-rejissor – Nabi Gʻaniyev
- Ssenariy mualliflari — Aleksey Speshnev, Sobir Abdulla
- Rassom — Varsham Yeremyan
- Bastakor – Aleksey Kozlovskiy
Yaratilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dastavval film Sobir Abdullaning „Tohir va Zuhra“ sahnalashtirilgan teatri asosida ishlandi. Lekin rejissor Gʻaniyev xalq toʻplagan materillarni qayta ishlab yangi asar yaratish taklifini berdi. Natijada film voqealari fojiali muhabbatdan ijtimoiy ahamiyatga ega tarixiy dramasi asosiga qurildi. Hukumat tepasida turganlarning ehtiyotkorligi, jamiyatning turli tabaqalarga qarama-qarshi turishi, hukmronlik uchun kurashi birinchi oʻringa chiqib, amaldorlarning zulmi va erkin irodasi ikkinchi darajali boʻlib qoldi[2].
Film taniqli rejissor Gʻaniyev uchun toʻliq metrajli ovozli film boʻlib qoldi. Shu bois lentaga musiqiy bezak berilishi muhim rol oʻynadi. Rejissor Gʻaniyev bastakor Kozlovskiy bilan birga xalq ogʻzaki qoʻshiqlaridan tanlab, filmga oʻzgacha kayfiyat yaratishdi. Bu nafaqat SSSRda, balki xorijiy mamlakatda ham zoʻr shavq-zavq bilan qabul qilindi. Mazkur film Oʻzbekistonning barcha yoshdagi auditoriyasiga ega boʻlgan ilk kinematografik asari boʻldi[2][1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tohir va Zuhra Youtube.com