Kontent qismiga oʻtish

Tohir Ahmadaliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toxir Muxtorovich Axmadaliev (oʻzbekcha: Toxir Muxtorovich Axmadaliev; 1965-yil 3-noyabrda tugʻilgan, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek siyosatchisi, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1]. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

Tohir Axmadaliyev 1965-yil 3-noyabrda Andijon viloyatida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti va 1994-yilda Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot va moliya universitetini tamomlagan, oliy maʼlumot olgan. Kasbi iqtisodchi va matematik.

2019-yil 22-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga Andijon viloyatidagi 20-sonli Chinobod saylov okrugidan deputati etib saylangan. U Qonunchilik Palatasining demokratik institutlar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari masalalari boʻyicha qoʻmitasi aʼzosi hisoblanadi.