Kontent qismiga oʻtish

Toblerone

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toblerone
Mahsulot turi Shokolad bari
Egasi Mondelez International (AQSh)
Mamlakat Shveysariya
Ishlab chiqariladi 1908 (116 yil avval) (1908)
Avvalgi egalari
  • Kraft Foods
    (1990–2012)
  • Jacobs Suchard AG
    (1982–90)
  • Interfood S.A.
    (1970–82)
  • Tobler
    (1908–70)
Veb-sayt toblerone.co.uk

Toblerone (/ˈtblərn/ TOH-blər-ohn, nemischa: [tobləˈroːnə]) – Mondelez International (aslida Kraft Foods) kompaniyasiga tegishli Shveysariya shokolad brendi[1]. Shveysariyaning Bern shahrida ishlab chiqarilgan[2] hamda 2023-yildan Slovakiyada ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Toblerone shokoladi oʻziga xos shakli, oʻzaro birlashgan uchburchak piramidalar koʻrinishi va shokoladga oʻyilgan harflari bilan mashhur.

Kompaniya 1899-yildan 1970-yilgacha mustaqil boʻlgan, keyin „Suchard“ bilan, undan soʻng „Jacobs Suchard“ sifatida birlashgan. Keyinchalik Mondelez Internationaldan 2012-yilda Kraft Foods tomonidan sotib olingan[3].

Teodor Tobler shokolad bari va uning qadoqlashini yaratgan.

Tobler shokolad zavodiga 1899-yilda Emile Baumann va Teodor Tobler (1876—1941) tomonidan Bern shahrida asos solingan[4]. Oʻsha paytlarda yangi ixtiro qilingan sutli shokolad keng yoyilishi sabab Shveysariya shokolad sanoati keskin kengayayotgan edi. Teodor Toblerning jiyani Emil Baumann 1908-yilda oq nugat, bodom va asalni oʻz ichiga oluvchi sutli shokoladdan iborat yagona retseptni yaratadi. Teodor Tobler esa shirinlik uchun oʻziga xos uchburchak shakl va qadoqlash usulini kiritadi. Mahsulotning nomi ikki soʻz qoʻshilmasi boʻlib, uning birinchi qismi Toblerning ismi ikkinchi qismi esa italyancha torrone (nugat turlaridan biri) soʻzlarining birikmasi hisoblanadi[5][6][7].

Shokolad bari shakli uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qilgan Alp tizmasining Matterhorn choʻqqisi.

Shveysariya/Italiya Alp tizmasidagi Matterhorn choʻqqisining uchburchak shakli Tobleronening koʻrinishi uchun Teodor Toblerga ilhom bergan deb ishoniladi. Biroq oʻgʻlining soʻzlariga koʻra, uchburchak shakl kelib chiqishi Teodor guvohi boʻlgan „Folies Bergères“ dagi raqqoslarning yakuniy chiqshida hosil qilgan jonli piramidalar shaklidan kelib chiqqan[8]. Bunday qadoqlashning boshqa bir sababi shunga oʻxshash Delta Peter brendining uchburchak shakllari boʻlishi ham mumkin[9]. Shunga qaramay, Matterhorn choʻqqisining soyasi Tobleronening zamonaviy qadogʻida koʻrinish beradi. Shuningdek Bern shahrining timsoli boʻlgan ayiq koʻrinishi ham qadoq ichida tasvirlanadi.

Teodor Tobler 1909-yilda Bern shahrida Toblerone ishlab chiqarish uchun patent oladi. Oʻsha yili Shvetsariya Federatsiyasining Intellektual mulk instuti tomonidan mahsulot brendi tasdiqlanadi[10]. Institutda kotib sifatida faoliyat yuritgan Albert Eynshteyn ham patentlash ishlariga jalb qilingan boʻlishi mumkin. Shunday qilib, Toblerone birinchi patentlanga sutli shokolad brendiga aylanadi.

Qora shokoladdan tayyorlangan Toblerone 1969-yilda ishlab chiqarilgan boʻlsa, uning oq koʻrinishi 1973-yilda ishlab chiqarila boshlanadi.

Ishlab chiqarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vaqtlar oʻtishi bilan mahsulot boshqa hududlarda ham ishlab chiqarila boshlangan: 1930-yillardan 1969-yilgacha Angliyaning Bedford va Shotlandiyaning Dandy shaharlarida[11], 1970—1980-yillarda esa Yugoslaviyaning Zagreb shahrida Kraš litsenziyasi ostida ishlab chiqarilgan.

  1. „Brand Family“. Mondelezinternational.com. 2015-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-fevral.
  2. „Toblerone FAQs“. toblerone.co.uk. Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  3. Cadbury Moves to Fend Off a Hostile Bid by Kraft Foods at The New York Times, 14 December 2009
  4. "Tobler" (fr). Tobler. 18 December 2013. https://hls-dhs-dss.ch/fr/articles/041973/2013-12-18/. 
  5. „Toblerone - How it all began - 1900 The First Toblerone“. Qaraldi: 2018-yil 1-avgust.
  6. „TOBLERONE - Questions et Réponses“ (fr). Toblerone.ch. 2014-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-fevral.
  7. „La marque suisse: Toblerone - Toutes Taxes Comprises - TV - Play RTS - Radio Télévision Suisse“ (fr). Rts.ch (2010-yil 30-aprel). Qaraldi: 2016-yil 11-fevral.[sayt ishlamaydi]
  8. „Toblerone - Chocolate - Our Secret“. Qaraldi: 2018-yil 1-avgust.
  9. Gilomen, Hans-Jörg. Innovationen: Voraussetzungen und Folgen, Antriebskräfte und Widerstände (de). Chronos, 2001 — 146-bet. ISBN 9783034005180. 
  10. „Toblerone: 1909“. How it All Began: Tobler's Chocolate. Kraft Foods (2006). 2009-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 3-fevral.
  11. Hutber, Jenna. „Bedford's lost Toblerone history“. Bedfordshire News (2016-yil 8-noyabr).