Tobago
Qiyofa
Tobago — Atlantika okeanidagi orol, Trinidad o.dan shim.sharkda, shu orol bilan birga Trinidad va Tobago davlati tarkibiga kiradi. Maydoni 300 km².
Aholisi 54 ming kishi (2000). Bosh shahri — Skarboro. Orolga yevropaliklardan birinchi boʻlib X.Kolumb 1498-yilda borgan.
T. materik boʻlagi. Yer yuzasi togʻli, baland joyi 579 m. Vulkanogen va granit jinslaridan tuzilgan; jan.gʻarbi ohaktoshli plato. Iqlimi subekvatorial, issiq va sernam. Doim yashil oʻrmonlar, kakao va kokos palmalari plantatsiyalari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |