Toʻngʻiztaroq (Dipsacus) — toʻngʻiztarokdoshlarga mansub ikki yillik yoki koʻp yillik tikanli oʻtlar turkumi; texnika ekini. Yevropa (Oʻrta dengiz), Jan.Sharqiy Osiyo va Afrikada 15— 20 turi oʻsadi. Oʻzbekistonda koʻproq kesik T. (D.laciniatus L.), togʻ zonasining mayin va nam tuprokli yon bagʻirlarida T.ning koʻkbinafsha rang gulli turi (D.ozureus Schrenk.) uchraydi. Tarkibida 0,3% gensianin va eritrotsinga oʻxshash alkoloid bor. Boʻyi 100— 250 sm. Poyasi tik usadi, tepa qismi shoxlangan. Ildiz boʻgʻzidagi toʻpbarglar bandli, choʻziq tuxumsimon, 5—8 sm. Oʻrama barglari bigizeimon— nashtarsimon. Guli och binafsha yoki oqish. Iyulavg. oylarida gullab, avgust— sentda meva tugadi. Butazorlarda, dare boʻylarida usadi. Sholipoya, bogʻlarda begona oʻt tarzi da uchraydi. Oʻrta Osiyoda qisman ekma T. Toʻngʻiztaroq. (D. fi llonum) kichik maydonlarga ekiladi. Qubbasi toʻqimachilik sanoatida gazlama tuk (pat)larini tarashda ishlatiladi.