Kontent qismiga oʻtish

Toʻlqin Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻlqin Yoʻlchiboyevich Ibrohimov (1952-yil 4-iyun, Toshkent viloyati Chirchiq shahri) — ilgʻor transport xodimi, Oʻzbekiston Qahramoni (2005). Mehnat faoliyatini 1973-yilda Toshkent teplovoz deposida mashinist yordamchisi sifatida boshlagan. Toshkent teplovoz deposi teplovoz mashinisti yordamchisi (1973—1975), mashinisti (1977—1988), 1988-yildan „Oʻzbekiston temir yoʻllari“ kompaniyasining „Oʻzbekiston“ lokomotiv deposida 1-klass teplovoz mashinisti. Ibrohimov mehnat faoliyati davomida teplovozlarning joriy taʼmir davrini uzaytirish, yoqilgʻini tejash, harakat xavfsizligini taʼminlash, yuk tashish topshiriqlarini benuqson oshirib bajarishda muhim yutuqlarga erishgan.