Tiristor
Tiristor (yun. thyra — eshik, kirish va rezistor) — elektrik ventil xossasiga ega boʻlgan kremniy monokristall asosidagi yarimoʻtkazgich asbob. Yarimoʻtkazgich elementi kremniy (bir oz bor, alyuminiy va fosfor qoʻshilgan) monokristall disk (plastinka)dan tayyorlanadi. Ishlash prinsipi kremniy monokristallning elektronteshikli oʻtish (elektron p oʻtkazuvchanlikdan teshikli r oʻtkazuvchanlikka oʻtish) xossasiga asoslanadi. Bu xossa asbobning ventilli oʻtkazuvchanligini taʼminlaydi. Tiristorning triodli (trinistor; uchta tashqi chiqish — katod, anod, boshqaruvchi elektrod) va diodli (dinistor, boshkaruvchi elektrodsiz) turlari bor. Vazifasiga koʻra, bir tomonlama va ikki tomonlama oʻtkazuvchan, yuqori chastotali, impulsli, ikki operatsiyali va maxsus xillarga boʻlinadi. Fotorezistorlar, galliy arsenid asosidagi Tiristorlar ham bor.
T. elektr oʻzgartirgichlarida ventil, avtomatik boshqarish tizimining ijrochi va kuchaytiruvchi elementlari, turli elektron qurilmalarda xotira kaliti hamda elementlari va boshqa sifatida ishlatiladi.
{{ru:Тиристор}}
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |