Tiosulfat kislota va tiosulfatlar
Qiyofa
Tiosulfat kislota va tiosulfatlar, tiosulfat kislota, H2S2O3 — 2 asosli beqaror kislota; sulfat kislota hosilasi. Sulfat kislotadagi 1 ta kislorod atomi oltingugurt atomiga almashinishi natijasida hosil boʻladi. Tiosulfat kislota oʻz tuzlari — tiosulfatlarga kislotalar taʼsir ettirilganda oraliq mahsulot sifatida hosil boʻladi va suvli eritmada parchalanadi. Tiosulfatlardan fakat bir qatorning vakillari — Me2S2O3 (bu yerda Me — ishqoriy metall) tarkibli tuzlar maʼlum. Tiosulfatlar juda barqaror, rangsiz, suvda yaxshi eriydi. Bulardan natriy tiosulfat amaliy ahamiyatga ega (qarang Natriy).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |