Timurlengia

Timurlengia – Oʻzbekistonning Qizilqum choʻli hududidagi Jaraquduq paleontologik oʻlkasidan topilgan tirannozavroid teropod dinozavr turkumi. Turkumning lotincha nomi Timurlengia euotica hisoblanadi[1].
Kashf etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1944-yilda sovet va rus olimlari tomonidan Qizilqum choʻli hududida joylashgan Jaraqaduq oʻlkasidan tirannozavriodlarning suyaklari topilgan hamda oʻrganilgan[2]. 2004-yilda esa, turkumga tegishli dinozavrning bosh qismi suyagi topib tahlil qilingan. 2016-yilda Stiven Lui Brusatte, Aleksandr Averiyanov, Hans-Diter Sues, Emi Muyr va Ian Batler kabi olimlar tomonidan turkumga „Timurlengia euotica“ nomi berilgan. „Timurlengia“ nomi Temuriylar imperiyasi asoschisi, sarkarda Amir Temur sharafiga nomlangan[3].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu turkumga kiruvchi dinozavrlarning uzunligi oʻrtacha 3-4 metrni tashkil etgan boʻlib, vazni 170-270 kg atrofida boʻlgan[4]. Ichki quloqlari (auris interna) yaxshi rivojlangan boʻlib, juda past ovozlarni yaxshi yaxshi darajada eshitgan.
Filogenezi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Timurlengia turkumi tirannozavroidlar oilasiga mansub boʻlib, xiongguanlong turkumiga yaqin hisoblangan. Bundan 90 million yillar oldin yashagan boʻlib, Boʻr davrining kechki bosqichida qirilib ketgan. Timurlengia kashf etilishidan oldin, yirik yirtqich tirannozavrlar hamda kichik tirannozavrlar o'rtasida hajm jihatidan aniqlanmagan bo'shliq bo'lgan. Olimlar timurlengia turkumini kashf etishganidan so'ng, oraliq turkum sifatida qayd etilgan[5].
Klassifikatsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Timurlengia“. Dinopedia. Qaraldi: 21-fevral 2025-yil.
- ↑ Greshko, Michael „'Missing Link' in Tyrannosaur Family Tree Discovered“. National Geographic News (2016-yil 14-mart). 2016-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-mart.
- ↑ Averianov, A.; Sues, H-D. (2012). "Skeletal remains of Tyrannosauroidea (Dinosauria: Theropoda) from the Bissekty Formation (Upper Cretaceous: Turonian) of Uzbekistan". Cretaceous Research 34: 284–297. doi:10.1016/j.cretres.2011.11.009.
- ↑ "A new carcharodontosaurian theropod dinosaur occupies apex predator niche in the early Late Cretaceous of Uzbekistan". Royal Society Open Science 8 (9): Article ID 210923. 2021. doi:10.1098/rsos.210923. PMID 34527277. PMC 8424376. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=8424376.
- ↑ Brusatte, Stephen „New Tyrannosaur Species Reveals How the King of the Dinosaurs Won Its Crown“. Scientific American. Qaraldi: 2016-yil 15-mart.