Ticia Gara
Tícia Gara | |
---|---|
Ismi | Gara Tícia |
Mamlakat | Vengriya |
Tugʻilgan sanasi va joyi | Budapesht, Vengriya | 25-oktyabr, 1984-yil
Unvoni | Ayol grossmeyster (2002-yil) |
FIDE rating | 2317 (oktyabr 2017-yil) |
Peak rating | 2385 (sentyabr 2012-yil) |
Tícia Gara (1984-yil 25-oktyabrda Vengriya poytaxti Budapeshtda tugʻilgan) — vengriyalik shaxmatchi, ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega.
Shaxmatdagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ticia Gara 2006,[1] 2007 va 2019-yillarda ayollar oʻrtasida o`tkazilgan Vengriya chempionatida g`oliblikni qo`lga kiritgan.[2] 2009-yilgi musobaqada u va uning singlisi Anita birinchi o'rinni egallashdi. Mazkur musobaqada Anita tay-brekda Ticiani yengib g`oliblik unvonini qo'lga kiritdi.[3]
Gara Vengriya terma jamoasi safida ayollar shaxmat olimpiadasida, ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida, qizlar oʻrtasidagi Yevropa jamoaviy chempionatida va ayollar oʻrtasidagi Mitropa kubogida ishtirok etgan. Uning jamoasi 2015-yilda Avstriyaning Mayrxofen shahrida ayollar oʻrtasidagi Mitropa kubogida oltin medalni qoʻlga kiritdi. U ikkinchi taxtada oʻynagan oltita oʻyinda oltita gʻalaba qozonib, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshgan.[4]
Ticia Gara ikki marta (2006, 2007) Vengriya ayollar chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.[5]
2001-yilda Budapesht xalqaro „Budapesht bahori“ shaxmat turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2002-yilda u Budapesht xalqaro shaxmat turniri „First Saturday IM A“da ikkinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda esa Budapeshtdagi „Xalqaro ayollar bahor shaxmat festivali“ xalqaro shaxmat musobaqasida Sidoniya Vajda va Yveta Reylich bilan birinchi oʻringa davogar boʻldi.[6]
Vengriya nufuzini toʻrtta shaxmat Olimpiadasida (2010—2016) va oltita jamoaviy shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida (2001, 2007-2015) himoya qilgan holda dona surgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ticia Gara vengriyalik ayol grossmeyster, xalqaro usta shaxmatchi Anita Garaning opasi hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Khurtsidze, Muzychuk, Gara win Hungarian Championship“. ChessBase. 2006-09-22.
- ↑ „The Week in Chess 1311“. theweekinchess.com. Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.
- ↑ „Hungarian Women Chess Championship“. Chessdom. Chessdom.com. 2010-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Austria and Hungary are winners of 2015 Mitropa Cup“. Susan Polgar Global Chess Daily News and Information (27-iyun 2015-yil). 25-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Gara Tícia megvédte bajnoki címét“. 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2017-yil.
- ↑ „Rajlich, Vajda and Gara tie for the first at the Women Spring Festival“. 23-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2017-yil.