Tibet tibbiyoti
Tibet tibbiyoti (Sova Rigpa) (Tibet tilida: བོད་ཀྱི་གསོ་བ་རིག་པ་, Viyleda: bod kyi gso ba rig pa)- davolash tizimi, qadimgi hind tabobati (Ayurveda -आयुर्वेद) va xitoy (Zhong yi - 中醫) tibbiyotiga asoslangan. Asosiy va tayanch manbasi Ayurveda Hakimi Vaghbataning Astāngahrdayasamhitā asari hisoblanadi. V—VI asrlarda Tibet hududida tarqalgan. Tibet tibbiyoti boshqa tib tizimlari kabi 3 mizojga asoslangandir. Unda bemorlar, asosan, veneseksiya (Fasd usulida qon olish), moksa bilan kuydirib davolash (Ilmi Kay/Kai), Kompressiya terapiyasi, Shifoli vannalari (Obzan), Uqalash, hamda murakkab tarkibli oʻsimlik (poligerbal) va hayvon, mineral, metal mahsulotlaridan (1000 dan ziyod) tayyorlangan dorilar bilan davolanilgan, shuningdek, parhez buyurilgan. Zamonaviy tibbiyot fanida Tibet tibbiyotiga turlicha qaraladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |