Kontent qismiga oʻtish

Tiberiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tiberiy (Tiberius) (Miloddan avvalgi 42-yil — milodiy 37-yil) — Rim imperatori (14 yildan). Yuliylar — Klavdiylar sulolasidan. Avgustnnng oʻgay oʻgʻli. Pretorianlarga tayanib avtokratik siyosat yurgizgan. Provinsiyalardagi soliq tizimini tartibga solishga xdrakat qilib, oʻz mansabini suiisteʼmol qilgan noiblar va olibsotarlarni taʼqib ostiga olgan, jamoat binolari qurilishi va turli tomoshalarga sarflanadigan mablagʻlarni, shuningdek, plebeylarga tarqatiladigan pul va gʻallani qisqartirgan. Imperiyaning moliyaviy ahvolini yaxshilanishiga erishgan.