Thomas Gainsborough
Qiyofa

Thomas Gainsborough (talaffuzi: Tomas Geynsboro; 1727, Sadberi, Suffolk — 1788.2.3, London) — ingliz rangtasvir rassomi. 18-asr ingliz portret maktabining yirik namoyandasi. G. ijodini manzaralar chizish bilan boshlagan („Kornard oʻrmoni“, 1748), dastlabki portretlari samimiy jozibasi bilan koʻzga tashlanadi. 70-yillarda A. van Deyk, A. Vatto taʼsirida yetuk portretchi-rassom sifatida shakllangan. Qahramonlari boy maʼnaviyati, ichki erkinlik, favqulodda holatlari bilan ajralib turadi. Ayniqsa, oʻsmirlar va ayollar jozibali va nozik tasvirlangan („Koʻk kiyimli bola“, 1770; „Sara Siddons portreti“, 1784—85). Rasmlari orasida manzara va dehqonlar hayotidan ishlangan lavhalar muhim oʻrin tutadi („Bozorga borayotgan arava“, 1786 va b.).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() |