Kontent qismiga oʻtish

Matritsa: Qayta tirilish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(The Matrix Resurrectionsdan yoʻnaltirildi)
Matritsa: Qayta tirilish
The Matrix Resurrections

Film posteri
Rejissyor(lar) Lana Wachowski
Prodyuser(lar)
  • Grant Hill
  • James McTeigue
  • Lana Wachowski
Ssenariynavis(lar)
  • Lana Wachowski
  • David Mitchell
  • Aleksandar Hemon
Rollarda
Bastakor(lar)
  • Johnny Klimek
  • Tom Tykwer
Kinematografiya
  • Daniele Massaccesi
  • John Toll
Muharrir(lar) Joseph Jett Sally
Studiya(lar)
  • Village Roadshow Pictures
  • Venus Castina Productions
Distribyutor Warner Bros. Pictures
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 148 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $190 million[2]
Daromadi $157,3 million[3][4]
Avvalgi film Matritsa: Inqilob

Matritsa: Qayta tirilish (inglizcha: The Matrix Resurrections) — 2021-yilda Lana Wachowski tomonidan suratga olingan Amerika ilmiy fantastik filmi. Bu film Matritsa: Inqilob (2003) filmining davomi boʻlib, „Matrisa“ filmlari seriyasining toʻrtinchisi. Keanu Reeves, Carrie-Anne Moss va Jada Pinkett Smith seriyaning oldingi filmlardagi rollariga qaytishdi va ularga Yahya Abdul-Mateen II, Jessica Henwick, Jonatan Groff, Neil Patrick Harris, Priyanka Chopra Jonas va Christina Ricci qoʻshilishdi.

Inqilob chiqqandan soʻng, Wachowskilar boshqa „Matritsa“ filmini suratga olish imkoniyatini rad etishgan va uchinchi film trilogiyaning yakuni boʻlishini maqsad qilishgan edi. Oʻshandan beri toʻrtinchi Matritsa filmi haqida mish-mishlar tarqalgan, studiya franshizani qayta tiklashga qiziqish bildirgan va Zak Penni yangi ssenariy yozish uchun yollagan. 2019-yil oxirida toʻrtinchi „Matritsa“ filmi nihoyat eʼlon qilindi. Filmni suratga olish jarayoni 2020-yil fevral oyida boshlandi, ammo keyingi oyda COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatildi. Wachowski loyihani toʻxtatib, filmni tugallanmagan holda qoldirmoqchi boʻldi, ammo aktyorlar undan filmni tugatishni talab qilishdi. Suratga olish ishlari 2020-yil avgust oyida davom ettirilib, uch oydan keyin yakunlandi.

Matritsa: Qayta tirilish filmi Village Roadshow Pictures va Venus Castina Productions tomonidan birgalikda ishlab chiqarildi. Filmining ilk namoyishi 2021-yilning 18-dekabrida San Franciscoda boʻlib oʻtdi.

Matritsa: Inqilob voqealaridan yigirma yil oʻtib,[5] Neo San-Fransiskoda Thomas A. Anderson kabi oddiy hayot kechiradi, uning terapevti unga koʻk tabletkalarni ichishni buyuradi. U ham, Triniti ham bir-birini tanishmaydi. Biroq, Morfeus unga qizil tabletkani taklif qiladi va uning ongini Matritsa dunyosiga qayta ochadi.

Bundan tashqari, Neil Patrick Harris, Jonatan Groff, Priyanka Chopra Jonas, Christina Ricci, Telma Hopkins, Max Riemelt, Toby Onwumere, Brian J. Smith, Andrew Caldwell va Ellen Hollman nomaʼlum rollarni ijro etishgan.[14][15][16][17]

Oʻzbekcha dublyaj

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Muhammadjon Xoʻjayev — Tomas Anderson / Neo
  • Sanobar Sodiqova — Trinity
  • Sayfulla Ikromov — Morfeus

Bundan tashqari, dublyaj va ovoz rejissori — Sohib Nurmuhammedov, tarjimon — Kamola Boshbekova, montaj ustasi — Sherzod Abduhakimov va muharrir — Xosiyat Rajabova.

Ishlab chiqairsh

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratga olish jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Keanu Reeves va Carrie-Anne Moss Lana Wachowski boshchiligida San-Fransiskoning moliya okrugida mototsikl sahnasini suratga olishmoqda.

Filmni suratga olish jarayoni „Project Ice Cream“ maxfiy nomi ostida 2020-yilning 4-fevralida San-Fransiskoda boshlandi[18][19][20] Shuningdek, suratga olish Germaniyaning Babelsberg studiyasida va Chikagoda davom ettirildi.[20][21] San-Fransiskodagi suratga olish jarayonida binolar va koʻcha chiroqlariga zarar yetkazilishi aholi va shahar ishchilarining gʻazabini keltirib chiqardi.[22] Shang-Chi and the Legend of the Ten Rings va Venom: Let There Be Carnage (ikkalasi ham 2021-yilda suratga olingan) filmlarida boʻlgani kabi, prodyuserlar shaharda suratga olishlari uchun San-Fransisko politsiya departamentiga 420 000 dollar toʻlashlari kerak edi.[23] Boshqa postanovkalardan farqli oʻlaroq, ikkinchi syomka guruhiga muhtojlik sezilmadi, chunki Vachowski barcha sahnalarga oʻzi rejissorlik qilgan.[24]

2020-yil 16-martda filmni ishlab chiqarish COVID-19 pandemiyasi tufayli toʻxtatildi.[25] Suratga olish toʻxtatilgandan soʻng, Wachowski filmni hech qachon tugatmaslik va uni „hech kim koʻrmasligi kerak boʻlgan toʻliq boʻlmagan afsonaviy film sifatida qoldirish“ imkoniyati haqida oʻyladi. Biroq, aktyorlar Wachowskidan filmni tugatishni talab qilishdi.[26] 2020-yil 16-avgust kuni Keanu Reeves Berlinda suratga olish ishlari qayta boshlanganini tasdiqladi.[27] Asosiy suratga olish jarayoni 2020-yil 11-noyabrda boshlangan.[28]

2021-yil sentyabr oyida Warner Bros. Johnny Klimek va Tom Tykwerlar filmga musiqa yozishlarini tasdiqladi, ular avvalroq Sense8 va Cloud Atlas filmlarida Wachowski bilan hamkorlik qilgan[29] Treylerda Jefferson Airplanening „White Rabbit“ qoʻshigʻi ishlatilgan.[30][31]

The Matrix Resurrections (Original Motion Picture Soundtrack)
NomiDavomiyligi
1.„Opening – The Matrix Resurrections5:22
2.„Two and the Same“5:34
3.„Meeting Trinity“1:52
4.„Itʼs in My Mind“4:24
5.„I Fly or I Fall“3:15
6.„Set and Setting“2:36
7.„Into the Train“2:37
8.„Exit the Pod“2:51
9.„The Dojo“3:44
10.„Enter IO“3:12
11.„Inside IO“3:37
12.„Escape“2:16
13.„Broadcast Depth“2:54
14.„Exiles“2:44
15.„Factory Fight“3:47
16.„Bullet Time“4:54
17.„Recruiting“3:14
18.„Infiltration“2:40
19.„I Like Tests“2:31
20.„I Canʼt Be Her“2:43
21.„Simulatte Brawl“3:05
22.„Swarm“3:36
23.„Sky Scrape“1:46
24.„My Dream Ended Here“3:16
25.„Neo and Trinity Theme (Johnny Klimek & Tom Tykwer Exomorph Remix)“5:47
26.„Opening – The Matrix Resurrections (Alessandro Adriani Remix)“6:19
27.„My Dream Ended Here (Marcel Dettmann Remix)“6:18
28.„Nosce (Almost Falling Remix)“4:00
29.„Bullet Time (Moderna Remix)“6:28
30.„Back to the Matrix (Eclectic Youth Remix)“5:16
31.„Welcome to the Crib (System 01 Remix)“6:48
32.„Flowing (Thomas Fehlmann Remix)“8:26
33.„Temet (Esther Silex & Kotelett Remix)“8:13
34.„Choice (Psychic Health Remix)“5:29
35.„Monumental (Gudrun Gut Remix)“7:07
Jami davomiyligi:2:28:41

2021-yil 24-avgustda film The Matrix Resurrections deb nomlandi.[32] Filmning birinchi rasmiy treyleri 2021-yil 9-sentyabrda chiqishi arafasida filmning rasmiy veb-sayti 7-sentyabrda yangilanib, foydalanuvchiga treylerning tasodifiy lavhalari va ularning kun vaqtiga asoslangan hikoyasini taqdim etdi.[33][34]

  1. The Matrix Resurrections (15)“. British Board of Film Classification. Qaraldi: 2021-yil 17-dekabr.
  2. Rubin, Rebecca „'Spider-Man: No Way Home' Becomes First Pandemic-Era Movie to Smash $1 Billion Milestone Globally“. Variety (26-dekabr 2021-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2021-yil.
  3. The Matrix Resurrections (2021). Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  4. The Matrix Resurrections (2021). The Numbers. Nash Information Services, LLC. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  5. Adamovič. „'Zajímalo mě, jak bude Matrix reflektovat změny v našem světě a běh času, říká slavný romanopisec David Mitchell“ (chexcha). Deník N (27-sentyabr 2021-yil). 30-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-sentyabr 2021-yil.
  6. 6,0 6,1 Kroll. „'Matrix 4' Officially a Go With Keanu Reeves, Carrie-Anne Moss and Lana Wachowski“. Variety (20-avgust 2019-yil). 1-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.
  7. „19 notable things we spotted in 'The Matrix Resurrections' trailer“ (inglizcha). Entertainment Weekly (9-sentyabr 2021-yil). — „The new trailer parallels the key moment where Laurence Fishburne's Morpheus first offers Neo the red pill. Fishburne is not one of the franchise's returnees though, so instead we see Yahya Abdul-Mateen II as a new version of Morpheus who prescribes Neo the fated reality warper.“. 9-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentyabr 2021-yil.
  8. „'The Matrix Resurrections': Yahya Abdul-Mateen II Reveals He's Playing Morpheus“ (inglizcha). Collider (9-sentyabr 2021-yil). — „After the release of the trailer for The Matrix Resurrections, many long-time fans of the franchise have pondered what role Yahya Abdul-Mateen II would be playing, given his eerily similar appearance to Laurence Fishburne's Morpheus. Fans can now rest easy (or not, depending on your perspective), as the Candyman star has confirmed on Instagram that he is, in fact, taking over the role of Morpheus for the franchise's fourth installment.“. 10-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentyabr 2021-yil.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Newby. „Everything We Know About The Matrix Resurrections So Far“ (en-us). Vulture (9-sentyabr 2021-yil). 9-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentyabr 2021-yil.
  10. Egan. „Morpheus isn't in The Matrix Resurrections, and 2005's The Matrix Online may explain why“ (inglizcha). Polygon (9-sentyabr 2021-yil). 9-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentyabr 2021-yil.
  11. „Neo & Morpheus Team Up With New Character In Matrix Resurrections Images“ (en-US). ScreenRant (15-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 15-oktyabr.
  12. „C'est officiel : le Mérovingien sera de retour dans Matrix 4“. Konbini. 28-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-fevral 2020-yil.
  13. N'Duka. „'The Matrix 4′: Daniel Bernhardt Returning For Warner Bros Sequel“. Deadline Hollywood (29-sentyabr 2020-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2021-yil.
  14. „The first 'Matrix Resurrections' trailer has Twitter doing backflips: 'I'm pumped for this'“. Yahoo News. 9-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentyabr 2021-yil.
  15. „The Matrix Resurrections - Full Trailer Thursday“. 9-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-sentyabr 2021-yil.
  16. „'The Matrix Resurrections' Trailer: Keanu Reeves, Carrie-Anne Moss Reacquaint in Blue Pill World“. Rolling Stone (9-sentyabr 2021-yil). 9-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentyabr 2021-yil.
  17. „Free Your Mind, 'The Matrix 4' Now Has an Official Title“. Collider (25-avgust 2021-yil). 31-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-sentyabr 2021-yil.
  18. D'Alessandro. „'Matrix 4' Adds 'iZombie' Actor Andrew Caldwell“. Deadline Hollywood (5-fevral 2020-yil). 5-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2021-yil.
  19. Pereira. „Major movie to film in downtown SF for three weeks in February“. San Francisco Chronicle (22-yanvar 2020-yil). 16-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2021-yil.
  20. 20,0 20,1 Peters. „The Matrix 4 Working Title Revealed“. ComicBook.com (8-sentyabr 2019-yil). 16-sentyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-sentyabr 2019-yil.
  21. „Coup für das Filmstudio: "Matrix 4" wird in Babelsberg gedreht“ (olmoncha). MAZ – Märkische Allgemeine. 28-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-fevral 2020-yil.
  22. „'The Matrix 4' filming causes building damage“. canoe (28-fevral 2020-yil). 28-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2021-yil.
  23. Gentile. „Here's how much SFPD were paid during the filming of 'The Matrix 4,' 'Venom 2' and 'Shang-Chi'“. SFGate (24-may 2021-yil). 24-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
  24. Sharf. „Lana Wachowski Directing Matrix 4 Action Herself, No Second Unit Needed“. IndieWire (29-aprel 2020-yil). 30-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-aprel 2020-yil.
  25. Kroll. „'Matrix 4' Halts Production as Coronavirus Pandemic Grows“. Variety (16-mart 2020-yil). 16-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2020-yil.
  26. Lawrence. „Jessica Henwick on 'The Matrix Resurrections' Intense Action Training and Unorthodox Shooting Style“. Collider (9-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2021-yil.
  27. Robertson. „Matrix 4 filming under way as Reeves praises 'effective protocols' on set“. Sky News (16-avgust 2020-yil). 30-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2020-yil.
  28. „Studio Babelsberg names largest sound stage "Rainbow Stage" in honor of Lana and Lilly Wachowski“. Studio Babelsberg (11-noyabr 2020-yil). 29-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2021-yil.
  29. „Johnny Klimek & Tom Tykwer Scoring Lana Wachowski's 'The Matrix Resurrections'“. Film Music Reporter (7-sentyabr 2021-yil). 7-sentyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-sentyabr 2021-yil.
  30. 'White Rabbit' Enters 'The Matrix': From Vague Pitch to 'Stunning' Result and 'Significant' Payday“. 29-sentyabr 2021-yil. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)CS1 maint: date format ()
  31. „The Matrix 4 Trailer Song White Rabbit Has Cut Holes in Reality for Years“ (inglizcha). Den of Geek (9-sentyabr 2021-yil). Qaraldi: 2021-yil 29-sentyabr.
  32. Anthony D'Alessandro and Nancy Tartaglione. „'Matrix 4' Trailer & Title Unveiled During Warner Bros. CinemaCon Reel“. Deadline Hollywood (24-avgust 2021-yil). 25-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-avgust 2021-yil.
  33. Romano, Nick. „The Matrix 4 uploads first footage to interactive fan site — here's how to watch“. yahoo.com (7-sentyabr 2021-yil).
  34. Campbell, Ian Carlos. „The Matrix: Resurrections teases a full trailer on Thursday with a familiar choice“. msn.com (7-sentyabr 2021-yil).