Kontent qismiga oʻtish

The Art of Project Management

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Art of Project Management
Muallif(lar) Scott Berkun
Til inglizcha
Nashr etilgan sanasi 2005
Nashriyot „O'Reilly Media“
Sahifalar soni 448
ISBN ISBN 0-596-00786-8

The Art of Project Management“ (tarjimasi „Loyiha menejmenti sanʼati“) — amerikalik orator va loyiha menejeri Scott Berkun qalamiga mansub menejment boʻyicha kitob. Kitobda loyihalarni rejalashtirish, boshqarish va ularga yetakchilik qilish haqida soʻz yuritiladi. Ilk bor 2005-yil California shtatining Sebastopol shahrida „O'Reilly Media“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bir necha tilga, jumladan, fransuz, polyak, fin va xitoy tillariga tarjima qilingan.

Ilk muqovasida Berkun surati emas, boʻsh kitob javoni surati chop etilgan. Surat izohida muallif javonni yozgan kitoblari bilan toʻldirishni rejalashtirayotgani eʼtirof etilgan[1]. Kitob yaxshi kutib olindi va „Amazon“ saytida kompyuterlar va Internet yoʻnalishida bestsellerga aylandi[2]. Berkun „The Art of Project Management“ kitobidn keyin chindan bir necha muvaffaqiyatli asarni yozgan.

Asar tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Thomas V. Kappel „Kickstartnews“ nashri uchun yozgan taqrizida Berkun „Microsoft“ shirkati loyihalarida olgan shaxsiy tajribasiga tayanib, koʻplab foydali maslahatlarni ulashganini olqishladi[1]. Gina Trapani ham „Lifehacker“ nashriga yozgan taqrizida kitobda mavhum nazariyalar oʻrniga koʻplab amaliy maslahatlar berilganini aytib, uni ijobiy baholadi[2].

  1. 1,0 1,1 Kappel, Thomas V. „The Art of Project Management by Scott Berkun, ISBN: 0-596-00786-8“ (inglizcha). The Art of Project Management by Scott Berkun, ISBN: 0-596-00786-8 (2005). Qaraldi: 6-fevral 2025-yil.
  2. 2,0 2,1 Trapani, Gina „Book Review: The Art of Project Management by Scott Berkun“ (inglizcha). Lifehacker (29-iyul 2005-yil). Qaraldi: 6-fevral 2025-yil.