Tetril
Qiyofa
Tetril - , 2, 4, 6trinitrofenilmetilnitramin C7H5N5O8 — oq kristall modda; yorugʻda sargʻayadi. Mol. m. 287,15. Suyuqlanish temperaturasi 129,45° (parchalanish bilan), qotish temperaturasi 128,5°; zichligi 1730 kg/m3, suvda erimaydi. Atseton, benzol, dixloretan nitrat kislotada yaxshi, spirt va efirda qiyin eriydi, ikkilamchi portlovchi modda. T. oltingugurtli eritmalarni nitrolab olinadi. Detonatorlar — kapsulalar va portlatgichlarda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |