Kontent qismiga oʻtish

Termorostlagich

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Termorostlagich - xona, pech va boshqalardagi trani birday tutib turadigan qurilma. Chiziqli, hajmiy, termoelektrik xillari bor. Chiziqli termorostlagichdagi datchikning ishi sezgir element uzunligi traga bogʻliq ravishda oʻzgarishiga asoslangan (qarang Dilatometr). Hajmiy termorostlagichning eng oddiysi simobli kontakt termometrdan iborat. Bunda simob muayyan traga yetgach, ijrochi mexanizm elektr zanjirini ulaydi. Datchikli termoele ktri k T., odatda, termorezistorlar yoki termoparalar koʻrinishida boʻlib, oʻlchash koʻpriklari va potensiometrlar bilan birgalikda ishlaydi. termorostlagichlar avtomatik rostlash tizimiga kiradi.