Ter bezlari
Qiyofa
Ter bezlari — odam terisidagi ter chikaradigan va uni ajratadigan oddiy naysimon bezlar. Kaft, oyoq tagi va peshona terisida boshqa joylarga qaraganda Ter bezlari koʻp boʻladi. Oddiy T.bdan tashqari tananing ayrim joylarida (qoʻltiq ostida, orqa chiqaruv teshigi atrofida, chov sohasida va boshqalar) maxsus apokrin bezlari joylashgan. Ular utkir xidli sekret ajratishi bilan oddiy bezlardan farq qiladi. Ter bezlari koʻp miqdorda ter chiqarib, badan haroratini qisman boshqaradi, organizmdan azotli hosilalar va ishqorli metall tuzlari, asosan, natriy xloridni chiqarib turadi, teri yuzasini hoʻllaydi. Qoʻltiq osti, chov soxasida Ter bezlari ning yalliglanishi (gidradenit) koʻproq uchraydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |