Temurmalik Yunusov
Temurmalik Mashrabovich Yunusov | |
---|---|
Tavalludi |
31-avgust 1942-yil |
Fuqaroligi | → |
Kasbi | aktyor, kinorejissor |
Faoliyat yillari | 1963dan |
Mukofotlari |
Temurmalik Mashrabovich Yunusov (1942-yil 31-avgust Andijon SSRda tugʻilgan) — sovet va oʻzbek aktyori, kinorejissori. „Mehnat shuhrati“ kavaler ordeni sohibi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temurmalik Mashrabovich Yunusov 1942-yil Andijon shahrida dunyoga keladi. Oʻrta maktabni bitirgach, Toshkent teatr-rassomchilikni 1965-yilda tamomlagan[1].
U 1965-1966-yillarda „Tojikfilm“da ishlagan, 1966-1971-yillarda esa Toshkent teatr-rassomchilik institutida dars bergan.
Yunusov 1979-1981-yillarda E. A. Ryazanov qoʻl ostida oliy rejissorlik va kinossenariychilar kursida tahsil olgan.
Kinorejissor Temurmalik 1971-1986-yillarda „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasida ishlagan. U 1986-1991-yillarda eksperimental tarzda 5-studiyani boshqargan. Yunusov 1996-2001-yillarda „Oʻzbekkino“ DAKni raisi va Oʻzbekiston kinematografchilar uyushmasi raisi hisoblangan.
Yunusov ayni kunda ijodiy faoliyati bilan shugʻullanadi va „Vodiyfilm“ studiyasini boshqaradi. U yerda oltin fond uchun Oʻzbekiston radiosining 100 tadan ziyod radioeshittirish va spektakllari oʻzbek, rus va chet el klassiklari asosida yozib oldi[2].
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rejissor „Tangalik bolalar“, „Galatepalik avliyo“, „Marhumga ehtirom“ badiiy filmlari, „Unutilgan qoʻshiq“, „Forish oʻyinlari“, „Echkiqirtishlash“ va 30 dan ortiq hujjatli filmlarni suratga olgan.
Filmdagi rollari:
- 1963-yilda — Beshovi Fargʻonadan — Rahmat (titrda N.Yunusov)
- 1969-yilda — Oʻtgan kunlar — Xudoyorxon
- 1982-yilda — Ikki kishi uchun vokzal — qovun sotuvchisi (titrda Temur Yunusov)
- 1982-yilda — Olovli yoʻllar — adabiy xodim
- 2006-yilda — Vatan — epizod rolda
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [ТЕМУРМАЛИК ЮНУСОВ] Kino-teatr.ru
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyun.