Tektonik deformatsiyalar
Tektonik deformatsiyalar - Yerning chuqurlikdagi kuchlari taʼsirida togʻ jinslari tanalarining yotish shakli, oʻlchami, ichki strukturasi va oʻzaro joylashishining oʻzgarishi. Buning natijasida Yer poʻstida mahalliy yoʻnalishda choʻzilish, siqilish yoki siljish roʻy beradi. Tektonik deformatsiyalar ayniqsa choʻkindi, vulkanik va metamorfik togʻ jinslarining dastlabki gorizontal yotishining burmalanganlik va uzilishli buzilishlarda aniqroq namoyon boʻladi. Tektonik deformatsiyalar magmatik togʻ jinslari va kristalli slanetslarda ular tarkib topgan minerallarning yotish yoʻnalishining oʻzgarishiga yoki qayta kristallanishiga olib keladi (qarang Tektonitlar, Petrotektonika). Tektonik deformatsiyalar tasnifi, asosan, qatqatli qatlamlarni oʻrganish asosida tuziladi; burmali (qarang Togʻ jinslari burmalanishi) va uzilmali Tektonik deformatsiyalar farq qilinadi. Burmalanish — togʻ jinslari qoldiq deformatsiyasining natijasi boʻlib, unda tektonik zoʻriqish ularning egiluvchanlik chegarasidan oshib ketadi; uzilmalar togʻ jinslarining yemirilishi natijasida sodir boʻladi, unda tektonik zoʻriqish ularning mustahkamlik chegarasidan yuqori boʻladi.
Yer poʻstining ayrim uchastkalari, oʻz tuzilishi va geologik tarixi boʻyicha u yoki bu tektonik rejimni tashkil qilgan Tektonik deformatsiyalarning muayyan muvofikdigi bilan tavsiflanadi. Tektonik deformatsiyalarning tashqi koʻrinishi, tipi, oʻlchami juda koʻp omillar — togʻ jinslarining fizik xususiyatlari, yoʻnalishi harakatdagi tektonik kuchlarning jadalligi va davomiyligiga bogʻliq. Tektonik deformatsiyalarning mexanizm va sabablari — yer qimirlashning sodir boʻlishi va Yer pusti rivojlanishi umumiy muammolarining muhim qismi hisoblanadi (qarang Seysmologiya, Tektonika). Tabiiy obʼyektlarni mufassal oʻrganish bilan birga, Tektonik deformatsiyalar roʻy berishi yuzasidan tugʻiladigan turli muammolarni hal qilish uchun 20-asr oʻrtalaridan fizik nazariyalarga (qarang Tektonofizika) asoslangan modellarda eksperimental izlanishlar olib borish hamda Yer poʻstidan va Yerning ichki qobigʻida sodir boʻlayotgan geokimyoviy jarayonlarni oʻrganishning ahamiyati ortib bordi. Tektonik deformatsiyalarda tektonik buzili shlar yoki dislokatsiyalar boʻlib, ular 3 sinf: uzilishli (dizyunktivli), burmali (plikativli), inʼyektivliga boʻlinadi. Uzilishli dislokatsiyalar orasida tashlamauzilmalar choʻzilish sharoitlarida; koʻtarilmauzilmalar, surilmalar, tektonik qoplam (sharyaj)lar qisilish; sshgjimalar parchalanish sharoitlarida hosil boʻladi. Burmali dislokatsiyalar orasida togʻ jinslarining boʻylama va koʻndalang egik burmalari mavjud. Inʼyektivli dislokatsiyalar, magmaning Yer poʻsti choʻkindi qatlamidagi togʻ jinslariga singishi, choʻkindi yoki matamorfik jinslar nonormal zichligi hamda tuz, gil va gneyslarning qayishqoqligi bilan bogʻliq. Tektonik deformatsiyalarning intensivligi regional metamorfizmda flyuidlarning faolligi natijasida va chuqurlikda tra koʻtarilganda birdan ortadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |