Kontent qismiga oʻtish

Tayyuan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tayyuan — Xitoydagi shahar, Finxe daryosi (Xuanxe daryosi havzasi) boʻyida. Shansi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,95 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Qora metallurgiya, ogʻir mashinasozlik, kimyo, yengil sanoat korxonalari mavjud. Shahar yaqinidan toshkoʻmir, temir rudasi, ohaktosh qazib olinadi. T. — Xitoyning qad. shaharlaridan biri. Sin sulolasi (1644— 1911) davrida Shansi provinsiyasidagi eng katta shahar boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Szintsi, Shenmudan ibodatxonalari (6—7-asrlar), shahar yaqinidagi Tyanlunshan togʻida gor ibodatxonasi (6-asr) bor.