Tavqa
Qiyofa
Tavqa, Tauke – qozoq xoni (1680— 1718). Xon hokimiyatini mustahkamlashda oliy mulkdor tabaqa – sultonlarni kuchsizlantirish uchun biylarga tayangan. Tavqa davrida tuzilgan „Jeti Jargʻi“ („Yetti Yorgʻu“) qonunlari rus tarixida „Tauke qonunlari“ nomi bilan mashhur. Bu qonun bir qancha odatlarni (qonli oʻch olish, ayollarning tengsizligi va boshqalar) rasmiylashtirgan. T.ning xon hokimiyatini mustahkamlash yoʻlidagi harakatlari zoye ketgan, qozoq xonliklari parchalangan holda qolgan. Jungʻarlar istilosi xavfi ostida, Pyotr I ning sharqiy siyosatining faollashuvi, xoʻjalik aloqalarining mustahkamlanishi natijasida T.ning Rossiya bilan aloqalari kuchaygan. 1716-yil Tavqa jungʻarlarga qarshi kurashda yordam soʻrab Rossiyaga murojaat qilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |