Kontent qismiga oʻtish

Tavakkal Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tavakkal Rahimov
Tavakkal Esonaliyevich Rahimov
 Soʻx tumani hokimi
Mansab davri
2012-yil – 2018-yil
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Vorisi Farrux O‘sarov
 Rishton tumani hokimi
Mansab davri
2018-yil – 2019-yil
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi G‘ayratali Turg‘unovich Mamadaliyev
Vorisi Sufhonjon Soliyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1963-yil
Rishton tumani, Fargʻona viloyati
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Taʼlim Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti
Maʼlumoti Oliy

Tavakkal Esonaliyevich Rahimov — Soʻx (2012-2018) va Rishton tumani (2018-2019) hokimi boʻlib faoliyat yuritgan[1].

Tavakkal Esonaliyevich Rahimov 1963-yilda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Dutir qishlogʻida tugʻilgan. 1986-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutining muhandis-texnolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Tavakkaljon Rahimov oʻz mehnat faoliyatini 1988-yili Rishton Agrosanoat kombinati ishchiligidan boshlagan. 1993-2012-yillarda ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda, jumladan, Rishton tuman IIB boshligʻi sifatida, 2012-2018-yillar oraligʻida esa Soʻx tumani hokimi vazifasida faoliyat yurigan. 2018-yilda Rishton tumani hokimi etib tayinlagan[1] va 2019-yilda tuman xalq deputatlari kengashi qarori bilan[2], boshqa manbada esa kasalligi tufayli oʻz lavozimini tark etgan[3][4].

  1. 1,0 1,1 Kun.uz. „Farg‘ona viloyatida 3ta tuman hokimi o‘zgardi“ (8-fevral 2018-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
  2. Sunnatilla Abdullaev. „Rishtondagi “hashar”dan keyin tuman hokimi o‘zgardi“. Qalampir.uz (31-iyul 2019-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
  3. „Rishton tumani hokimi o‘zgardi“. Daryo.uz (31-iyul 2019-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.
  4. Gazeta.uz. „Rishton tumani hokimi o‘zgardi“ (31-iyul 2019-yil). Qaraldi: 30-aprel 2024-yil.