Kontent qismiga oʻtish

Tata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"TATA" ("Tata Sons Pvt") — Hindistondagi yirik milliy monopolist guruh. Bombeylik savdogar Jamshid Tataning savdo firmasi asosida yuzaga kelgan. 1877-yilda firma mamlakatda birinchi sanoat korxonasi — Nagpur toʻqimachilik fkasini va 1907-yilda mamlakatda birinchi metallurgiya zdini qurdi. Ikkinchi jahon urushi boshlarida guruhga Hindiston markaziy banki, sugʻurta va transport kompaniyalari, toʻqimachilik, galanteriya va sement korxonalari, gidroelektr styalari kirdi. Hindiston milliy mustaqillikka erishgach (1947) hamda dengiz va aviatsiyada yuk tashish, sugʻurta ishi va tijorat banklari milliylashtirilgach, "T." faoliyati, asosan, sanoatda davom etdi. 20-asrning 70y.larida "T." qudratli konsernga aylandi, oʻz mablagʻini qora metallurgiya (aktivining 30% ortigʻi), mashinasozlik va avtomobilsozlik (15% dan ortiq), energetika (10%), kimyo (5% dan optik,) va boshqa sohalarda faoliyat koʻrsatdi. "T." asosan xususiy eksportchilardan biri hisoblanadi. Guruhni "Tata sanz prayvit" kompaniyasi boshqaradi. 70y.larning boshida guruhga kirgan kompaniyalarning umumiy aktivi 8,5 mlrd. rupiyani, ishchilari soni 140 ming kishini tashkil etdi. 20-asrning 80y.larida Oʻzbekistonda qurilish ishlarida ishtirok etdi va Toshkent shahrida mehmonxona majmuini qurdi.