Kontent qismiga oʻtish

Tashqi ishlar vazirligi (Rossiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tashqi ishlar vazirligi
Министерство иностранных дел Российской Федерации

Vazirlik bayrogʻi
Agentlik haqida umumiy maʼlumot
Tashkil etilgan 1549-yil
Shtab kvartira(lar) 32/34 Smolenskaya maydoni, Moskva
Website mid.ru

Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi (Rossiya TIV; ruscha: Ministerstvo inostrannix del Rossiyskoy Federatsii, MID RF) – Rossiyaning tashqi siyosati va tashqi aloqalariga rahbarlik qiluvchi markaziy davlat organi. Rossiya Federatsiyasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarini hamda davlat boshqaruvini amalga oshiradi.

Vazirlik Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi yoki qonun hujjatlarida belgilangan masalalarga muvofiq Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga boʻysunadi.