Tapajos
Qiyofa
Tapajos | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 1 930 |
Suv sarfi | 13 000 m³/s |
Joylashuvi | |
Davlat | Braziliya |
Tapajos |
Tapajos — Braziliyadagi daryo, Amazonka daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi Juruena irmogʻi boshlangan joydan 2200 km, havzasining maydoni 487 ming km². Juruena (uz. 1000 km) va TelisPiris (SanManuel) daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Braziliya yassitogʻligining gʻarbiy qismidan boshlanib, Amazonka pasttekisligidan oqadi. Oʻzani serostona, sharshara koʻp. Oʻrtacha suv sarfi 15,5 ming m³/sek., noyabrdan martgacha sersuv. SanRuin shahrigacha (quyilish joyidan 300 km masofada) kema qatnaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |