Kontent qismiga oʻtish

Tambov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tambov — Rossiya Federatsiyasi Tambov viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Sna daryosidagi pristan. Aholisi 316,9 ming kishi (1998). 1636-yilda Moskva davlati tomonidan janubiy hududlarni egallash maqsadida qalʼa sifatida barpo etilgan. 1719-yildan Tambov provinsiyasi, 1779-yildan namestnichestvosi, 1796-yildan gubernyasi markazi. Rossiya Federatsiyasining yirik industriya markazi. Mashinasozlik va metallsozlik (kimyo sanoati uchun asbobuskunalar, priborlar, avtomobillar va qishloq xoʻjaligi. mashinalari uchun ehtiyot qismlar), kimyo (boʻyovchi moddalar, rezinaasbest buyumlari) va oziqovkat sanoatlari rivojlangan; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Tikuvchilik, mebel sanoati, issiklik elektr markazi bor. Universitet, 11 oʻrta maxsus bilim yurti, ilmiy tadqiqot institutlari, drama, qoʻgʻirchoq teatrlari, filarmoniya, kartinalar galereyasi, oʻlkashunoslik muzeyi, G.V. Chicherin uymuzeyi mavjud.