Taman yarim oroli
Taman yarim oroli - Gʻarbiy Kavkaz oldidagi yarim orol. Rossiya Federatsiyasi Krasnodar oʻlkasi tarkibiga kiradi. "Taman" soʻzi adigey tilida "temen" — botkrklik demak.
Shim.dan Azov dengizi, jan.dan Kora dengiz, gʻarbdan Kerch boʻgʻozi bilan oʻralgan. Maydoni 2000 km² ga yaqin. Qirgʻoklari past, qoʻltiqlar bilan kesilgan (eng yirigi Taman qoʻltigʻi). Relyefi kenglik boʻylab choʻzilgan antiklinal qator tepalardan iborat, paleogen va neogen davrlariga mansub gilli togʻ jinslaridan tashkil topgan. Taman yarim orolida balchikli vulkan konuslari (umumiy soni 25 dan ortiq) bor, ularning bal. 164 m gacha.
Qator tepalar orasidagi pastqam yerlar toʻrtlamchi davr yotqiziqlari bilan toʻlgan. Bulardagi hamma tomoni berk shoʻr suv havzalari va qoʻltiqchalar shoʻrxokzorlar bilan tutashib ketadi. Neft, yonuvchi gaz, temir ruda konlari ochilgan. Iqlimi kuruq. yiliga 400 mm gacha yogʻin tushadi. Yer yuzasining ancha qismi haydalgan, bugʻdoy, makkajoʻxori ekiladi. Tokchilik, bogdorchilik rivojlangan. Taman yarim orolio.da Temryuk sh. bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |