Talʼat posho
Talʼat posho, Mehmet Talʼat (1874, Turkiya — 1921.16.3, Berlin) — Yosh turklar inqilobining faol ishtirokchisi, "Ittigʻod va taraqqiy" partiyasi rahbarlaridan biri, Turkiyaning bosh vaziri (1917-yil fevral — 1918-yil oktabr). 1890-yildan ittihodchilar safida faollik koʻrsatgan. 1896-yilda Salonikiga surgun qilingan. Usmonli hurriyat jamiyatining asoschisi (1906). Bektoshiya sufiylik tariqatida ham qatnashgan. Yosh turklar inqilobidan keyin turli hukumatlarda ichki ishlar vaziri, pochta va telegraf vaziri (1913—17) lavozimlarini egallagan. Usmonli turk sultonligi parlamenti deputati. "Ittihod va taraqqiy" partiyasi MK raisi. Birinchi jahon urushi arafasi va urush paytida T.P., Anvar Posho va Jamol Poshodan iborat triumvirat (uchlik) amalda Turkiya sultonligini boshkargan. T.P. xukumati turkchilik va islomchilik yoʻlini izchil davom ettirib, tashqi siyosatda Germaniyani qoʻllabquvvatlagan. Turkiyaning podsho Rossiyasiga karshi kurashida Turkiston xalqlari quvvatlashini umid qilgan. Turkiya va uning ittifokchisi Germaniya urushda yengilgach, T.P. oʻz safdoshlari bilan isteʼfoga chiqqan (1918.8.10). Ular Istanbulni tark etib (1918.2.11), Odessa orkali Germaniyaga ketishgan. T.P. Berlinda Dashnaksutyun aʼzosi tomonidan otib oʻldirilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gʻaniyev G.Z., Turkiya v period pravleniya mladoturok, M., 1972; Rajabov K,., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002.
Qahramon Rajabov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |